Izoh.uz saytida aylan so‘zining izohi va ma’nolari

aylan

1. Oʻz oʻqi yoki biror narsa tevaragida harakat qilmoq, aylana boʻylab davra olib yurmoq.

  1. Yer oʻz oʻqi atrofida aylanadi.

  2. Juvon davrani uch aylangandan keyin oʻzi singari kiyingan bir yigitni tortdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

2. Sayr-tomosha yoki boshqa maqsadda kezmoq.

  1. Gʻulomjon shahar aylangani ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  2. Tirikchilik oʻtkazish uchun Yusufjon qiziq Turkistonni, Qozogʻistonni aylanib chiqdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

  3. Ertalab qurilishga kelganda, eng avval hamma uchastkalarni aylanib chiqdi. A. Muxtor, Opa-singilla

3. Biror yerda yoki doirada oʻralashib yurmoq; aylanishmoq.

  1. Abdishukur Tatar savdogarlari orasida aylanarkan, uni-buni tanidi. Oybek. Tanlangan asarlar

4. iqt. Muomalada boʻlmoq, yurmoq.

  1. Kapitalning aylanishi.

5. Boshqa narsaga, boshqa holatga oʻtmoq.

  1. Suv muzga aylandi. Yomgʻir asta-sekin qorga aylandi. Olqishlarga aylangan davomli qarsaklar.

  2. Mirzayev shu kuni juda zerikdi. Bu zerikish kechqurunga borib diqqatlikka aylandi. A. Qahhor, Koʻk konvert

6. (ayrim soʻzlar bilan) Tusini kasb etmoq, shunday boʻlmoq.

  1. Har yili buvimni eslash, xuddi shu kuni amma-amakilar yigʻilishi odatga aylangan. Gazetadan

  2. Kelajakda esa bu makon islom ahli uchun muqaddas qadamjo va gʻoyat goʻzal ziyoratgohlardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi. Gazetadan

aylan soʻzi qatnashgan jumlalar:

Boshi aylanmoq

1) muvozanatini yoʻqotib, hammayoq aylanayotganday, chayqalayotganday tuyulmoq.
  1. Botirali ayvon ustuniga suyanib oʻtirdi-yu, koʻzi tinib, boshi aylanib ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal

  2. Dastgohlarni koʻrib, avval boshimiz aylanib qoldi. A Muxtor, Opa-singillar

Aylanib oʻtmoq

1) biror narsaning atrofi bilan oʻtmoq.
  1. Binoni aylanib oʻtmoq;

  2. Ular qonunni maʼlum darajada bilishadi, ammo oʻzlariga bogʻliq masalalarda uni aylanib oʻtishga harakat qilishadi. Gazetadan

Gap aylanib

Gap gapga ulanib, gapdan gap chiqib.
  1. Gap aylanib, brigadalar ishiga koʻchdi. N. Safarov, Xadicha Ahrorova

Gap aylanmoq

Gap qoʻzgʻalmoq, gap yurmoq.
  1. Yana shu haqda gap aylanib qoldi.

Tili aylanmay qoldi

Tili lol boʻlib qoldi, tili gapga kelmay qoldi.

Havo aylanib turibdi

Havo yogʻadiganday bulutlanib turibdi.

AYLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

АЙЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
1224
So‘zning teskari yozilishi
nalya
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

aylan so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, aylan so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+