Izoh.uz saytida ayni so‘zining izohi va ma’nolari

ayni

1. Rang-tusi, sifatini yoʻqotmoq, eskirmoq; oʻngmoq.

  1. Aynigan eski gimnastyorkasi ham suvga chayqalganday jiqqa hoʻl. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

2. Asl belgi-xususiyatini, sofligini yoʻqotmoq (nav, nasl va shu kabilar haqida).

  1. Ilgarigi qizilurugʻ, bosvoldi qovunlar yoʻq. Hammasi aynigan. Nasl aynimasin desang, har uch yilda qoʻchqorni almashtir. S. Ahmad, Yulduz

3. Sof (odatiy) holati yomon tomonga oʻzgarmoq.

  1. Havo aynidi.

  2. Zamona aynidi. K. Yashin, Hamza

4. Isteʼmolga yaroqsiz boʻlmoq; buzilmoq (yegulik-ichkiliklar haqida).

  1. — Yoʻq, — dedi onasi, — choy aynib qoladi, kelishgandan keyin damlarsan Oydin, Oʻzidan koʻrsin

  2. Tursunboy ota, echkining goʻshti aynib qolmasdan, xotiniga mushkulkushod oʻqitgani eshon ayani uyiga chaqirgandi. S. Ahmad, Hukm

5. Toʻgʻri fikrlash, soʻzlash qobiliyatini yoʻqotmoq, shu jihatdan ahvoli ogʻirlashmoq.

  1. Bemorning ahvoli durust edi, lekin kechga borib aynidi.

  2. Bu aynigan cholni olib borib, zindonga solinglar. Yusuf va Ahmad

6. Xulq-atvori, odob-axloqi jihatidan yomonlashmoq, yomon tomonga oʻzgarmoq; buzilmoq.

  1. [Muzaffar Dadavoyga:] Vaqtida juda xursand boʻlganmiz! Siz bilan faxrlanganmiz. Ammo keyingi yillarda aynib qoldingiz, dimogʻingiz koʻtarilib ketdi, koʻzingizni yogʻ bosdi. Uygʻun, Navbahor

7. Odob-axloq chegarasidan chiqib ketmoq, odob-axloq chegarasidan tashqari gaplarni gapira boshlamoq.

  1. Buni qarang, yomgʻirda qolgan mushukning hidi keladi! — Aynima, aynima! — dedi yoʻgʻon bir tovush.— Yomgʻirda qolgan mushukni hidlab koʻrganmisan?A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

8. Fikrini, niyatini oʻzgartirmoq, niyatidan, soʻzidan qaytmoq.

  1. — Oʻrtoq komandir tankist boʻlar emishlar,— dedi Tojixon kulib — Uchuvchi boʻlishdan aynibdilar. A. Qahhor, Yillar

  2. Arslonqul baʼzi ogʻaynilarini qidirmoqchi boʻldi, lekin yana aynidi. Oybek, Navoiy

  3. Hoji xola pulni koʻrdi-yu, yana aynib qolmasin deb, qoʻlidan yulib oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.

9. Aloqani uzmoq, kechmoq.

  1. Bizdan aynib, boshqa ishga oʻtib ketdi. Mijozlar aynib, kelmay qoʻyishdi.

ayni soʻzi qatnashgan jumlalar:

Koʻngli aynimoq

1. Koʻngli behuzur boʻlmoq, koʻngli ozmoq, qayt qilgisi kelmoq;
2. Feʼli ozmoq, achchigi chiqmoq.

Miyasi aynib qolgan

Esi-hushi joyida emas, esi kirardi-chiqdi boʻlib qolgan.

Feʼli aynimoq

1. Asabi qoʻzgʻamoq;
2. Jahli chiqib, kayfiyati buzilmoq.

AYNI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

АЙНИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
1237
So‘zning teskari yozilishi
inya
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
2
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

ayni so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, ayni so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+