Izoh.uz saytida baraka so‘zining izohi va ma’nolari

baraka

1. Biror narsaning (asosan, noz-u neʼmatlar, ekin hosili) kutilgan darajadan moʻlligi, serobligi.

  1. Baraka koʻtarildi. Baraka yoʻqoldi. Janjalli uyda baraka boʻlmas. Maqol

  2. Gʻoʻza chilla suviga qonsagina, xirmonga baraka kiradi. Gazetadan

2. Olloh beruvchi nasiba, neʼmat; ehson.

  1. — Xudo baraka bersin, teraveringlar! — deb fotiha berdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  2. Xudo umringga, molingga baraka bersin. Hamza

3. Biror narsa yoki harakatdan keluvchi foyda, naf; samara, unum.

  1. Qaytgan molda baraka bor. Maqol

  2. Yigʻlama, yigʻidan hech kim baraka topgan emas! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar

  3. Meni olib nima baraka topding? Nuqul gʻavgʻoga qolasan. Yoshlik

4. koʻchma s.t. Qoʻshaloq koʻsak va shunday koʻsakda ochilgan paxta; qoʻshaloq meva.

  1. Etakka yopishgan toʻngʻiztaroqlarni yulib tashlab, baraka qidirishlari ham, gʻoʻzalar orqasiga yashirinib olgancha, qizlarga xom koʻrak otib shoʻxlik qilishlari ham — hamma-hammasida allanechuk quvnoq, zinhor-zinhor qaytib kelmas orzular bor edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

baraka soʻzi qatnashgan jumlalar:

Barakasi ketdi yoki baraka koʻtarildi

Serobligi yoʻqoldi, moʻlligi barham topdi.
  1. Bir kun janjal chiqqan uydan qirq kun baraka koʻtariladi. Maqol

Xirmonga baraka!

Xirmon koʻtarayotganlarga hosil moʻl boʻlsin! maʼnosida aytiladigan tilak.

Qoʻlida baraka yoʻq yoki qoʻlining barakasi yoʻq

Tejab-tergab, oʻrinli sarf qila olmaydigan kishi haqida.

Baraka top (koʻr)

“Kam boʻlma“, omadingni bersin maʼnosida aytiladigan olqish, undov.

Bor baraka, bor baraka top, baraka de(ng), baraka qil(ing)

Oldi-sotdi savdosida soʻralayotgan narxga xoʻp deng maʼnosida ishlatiladigan ibora.
  1. Qani, ha, uka, baraka de, baraka delardan keyin yarim soatcha savdolashib, molni bir soʻm oʻn tiyinga sotdik. Gʻ. Gʻulom, Shum bola

  2. Qoʻlni bering, boring, baraka toping, olti yuz. S. Nurov, Narvoy

Boriga baraka

Boriga shukur, bori ham yetib qolar.
  1. Boriga baraka, u yogʻini ogʻzaki boplayman. A. Qahhor, Asarlar


BARAKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БАРАКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
1554
So‘zning teskari yozilishi
akarab
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

baraka so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, baraka so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+