Izoh.uz saytida bemaza so‘zining izohi va ma’nolari

bemaza

1. Ogʻizga xush yoqmaydigan, taʼmi yomon; taʼmsiz, lazzatsiz.

  1. Bemaza ovqat. Bemaza tarvuz. Bemaza qovunning urugʻi koʻp. Maqol

  2. Kasalga asal ham bemaza boʻlib koʻrinadi. Qanotli soʻzlar

  3. Yoʻlchining taqachi oshnasi Qoratoy och qornini bemaza moshxoʻrdaga toʻldirib sovuq uyda xomush oʻtirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. koʻchma Badiiy zaif, estetik zavq bera olmaydigan; bemaʼni, siyqa.

  1. Bemaza asar.

  2. Bemaza kitobni-ku jonga teggan joyda shartta yopib qoʻysa boʻlar, biroq umr kitobini-chi? X. Sultonov, Onamning yurti

  3. Bunaqa bemaza suratlarning avtorlari institutda koʻp emas. Mushtum

3. Yaramas, yoqimsiz, bemaʼni, yomon.

  1. Bemaza odam,

  2. — Akam bemaza chiqdi-da, — dedi Hamid Munavvarga. S. Anorboyev, Mehr

  3. Bemaza qizning boʻlmas hayosi. Gulixiromon

  4. E, bunaqa bemaza televizorni sotib yuboring. Askiya

4. Odob-axloqqa xilof, odobdan tash-qari; behuda, bekorchi.

  1. Bemaza qiliqlar. Bekorchidan bemaza gap chiqadi. Maqol

  2. [Gulshan:] Bemaza gaplarni qoʻyinglar, uxlaylik! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

bemaza soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ogʻzi bemaza

1. Ogʻzi ovqatning mazasini, taʼmini sezmaydigan (baʼzi kasalliklar sababli).
  1. Sidiqjon, garchi hanuz ogʻzi bemaza va boshi ogʻirroq boʻlsa ham kampirning mehribonchiliklaridanmi, koʻngli koʻtarilib, juda yengil tortdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

2. Beadab gaplarni koʻp gapiradigan; chakki ogʻiz.
  1. Ogʻzi bemaza odam.

Bemaza qilmoq

1. Mazasini, tuz-namagini meʼyorda qilmaslik;
2. Taʼbini xira qilmoq, joniga tegmoq, tinchini buzmoq.
  1. Ammo shallaqi bir kampirning uyida turaman; koʻp bemaza qilayotir-da. A. Qahhor, Sarob

  2. Ayniqsa toʻriq toycha tutqich bermay, Mirvali akaning bemazasini beshta qiladi. A. Qodiriy, Obid ketmon

3. Tobini qochirmoq; battar qilmoq.
  1. Isitma juda bemaza qildi.


BEMAZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БЕМАЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
1892
So‘zning teskari yozilishi
azameb
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

bemaza so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, bemaza so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+