Izoh.uz saytida bich so‘zining izohi va ma’nolari

bich

1. Kiyim-kechak tikish uchun moʻljallangan materialni maʼlum andoza va oʻlchamlarda kesmoq.

  1. Boʻyiga qarab toʻn bich. Maqol

  2. Otaning ochgan yoʻli bor, Onaning bichgan toʻni bor. Maqol

  3. Tikkan chevar emas, bichgan chevar. Maqol

  4. Chol doʻkonxonada oʻtirib, ish bichib beradi, Unsin ichkari uyda tikadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Belgilamoq, qoʻymoq, kesmoq (narx, ish haqi va shu kabilar haqida).

  1. Narx bichmoq.

  2. [Dallol:] — Xayr boʻlmasa, men bichay shu bola yuz tillalik mol boʻlsa ham, karvonboshi bobom rozi boʻlsinlar, siz oltmish tilla bering, — dedi. S. Ayniy, Qullar

  3. Oʻzimga oʻzim haq bichib olganim yoʻq-ku! Hammasi qonun-qoida bilan boʻlgan. Sharq yulduzi

3. Axta qilmoq.

  1. Uloqni bichish uchun olib bordim.

bich soʻzi qatnashgan jumlalar:

Birovga kafan bichmoq

Birovga oʻlim tilamoq yoki oʻldirishga ahd qilmoq.
  1. Dushmanlarga kafan bichgan Piyodalar — mardi maydonlar. H. Olimjon

  2. Obbo, hali u yoqda buvim kafan bichib oʻtirgandirlar. E. Raimov, Ajab qishloq

Ajal (kafan) toʻnin bichmoq

folk. Oʻldirmoq, qirmoq.
  1. Ajal toʻnin bichaylik, Dushman koʻkragidan sanchaylik. Yusuf va Ahmad

  2. Savash boʻlsa, shirin jondan kechadi, Dushmanlarga kafan toʻnin bichadi. Murodxon

Gapga bichgan

Gapga usta, soʻzamol, gapdon.
  1. — Hojimuqomning xotini. Juda ham -gapga bichgan-da. Qofiyali qilib gapiradi, — dedi Noʻmonjon. S. Ahmad, Choʻl burguti

  2. Abdishukurni xudo gapga bichgan, yengib boʻlmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

Yerdan bichib olgan

Past boʻyli, juda ham pakana.
  1. U yerdan bichib olgandek pak-pakana xotin edi. A. Qodiriy

  2. Uning [Kumushning] toʻgʻri, mavzun qomatiga yerdan bichib olingan mudhish xotinning qoʻllari zoʻrgʻa yetdi-da, esonmisiz, omonmisiz, poshsha qiz, deb soʻrashdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

Toʻn bichmoq

s. t. Baho bermoq.
  1. Soyaga qarab toʻn bichma. Maqol

  2. Kadrlarning savlatiga, soʻzamolligiga qarab emas, ularning ishiga, isteʼdodiga qarab toʻn bichinglar. Mushtum


BICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
2106
So‘zning teskari yozilishi
hcib
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

bich so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, bich so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+