Izoh.uz saytida bino so‘zining izohi va ma’nolari

bino

Kishilarning yashashi, ishlashi va boshqa ehtiyojlar uchun quriladigan inshoot, ulkan uy, imorat.

  1. Teatr binosi. Turar joy binolari. Shahrimizda yangi-yangi koʻrkam binolar qad koʻtarmoqda.

  2. Binoning oʻng tomonidagi ikki xonali uyda oʻgʻli bilan kelini turadi. Saodat

  3. Dangasaga mehnat yoqmas, osh yoqar, Yomon odam tik binoni qulatar. Qoʻshiqlar

bino soʻzi qatnashgan jumlalar:

Bino boʻlmoq

1. Qurilmoq, barpo boʻlmoq.
  1. Bu qishloqlar urushdan keyingi yillarda bino boʻlgan edi;

2. Yuzaga kelmoq; yetilmoq, tugʻilmoq.
  1. Bir yigit qirq yilda bino boʻladi. Maqol.

  2. Odam oʻz tabiatini oʻzi bino qiladi. Sharq yulduzi

  3. Bino boʻlding qaysi gavhar donadan, Senday oʻgʻlon bino boʻlmas enadan. Malikayi ayyor

Bino qilmoq

Qurmoq, barpo etmoq.
  1. Uchinchi yil shifoxona qatorida yonida omborchasi bilan maxsus kooperativ magazin bino qiladi. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy

  2. Kanizak bu aytilgan narsalarning hammasini hozir qilib, ikkovi shu choʻlda shahar bino qilishgan ekan. Luqmoni Hakim

Bino qoʻymoq

1. Ortiq darajada berilmoq, eʼtiqod qilmoq.
  1. Hech kim menday senga bino qoʻygan yoʻq. Ravshan.

  2. Palovni kim yomon koʻradi, lekin professor Obidiychalik unga bino qoʻyib, chiroyli oshaydigan odam kam boʻlsa kerak. Mirmuhsin, Umid

2. Zeb bermoq, oro bermoq.
  1. Bino qoʻyib, oltin sochin taradi, Koʻklam qizil gul hidini sochganda. M. Alaviya

3. Oʻziga ortiq darajada ishonmoq, magʻrurlanmoq.
  1. [Xonzoda Gulbahorga:] Sen nimangga bino qoʻyasan! Hamza, Boy ila xizmatchi

  2. Ha, chiroyingga bino qoʻydingmi, oʻzboshimcha? K. Yashin, Hamza

Umri bino boʻlib, dunyo bino boʻlib yoki dunyo bino boʻlganidan beri

Dunyoga kelganidan, tugʻilganidan beri; uzoq muddat davomida.
  1. Umrim bino boʻlib men sendan biron nima tama qilmaganman. Sharq yulduzi

  2. Bunaqa chiroyli qizni umrim bino boʻlib koʻrmaganman. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi

  3. Umri bino boʻlib bunday dahshatli manzarani koʻrmagan. Yoshlik

Oʻziga bino qoʻymoq

1. Oʻziga oro, zeb bermoq.
  1. Ortiq bino qoʻydim yor deb oʻzimga. Hamza

  2. Endi moʻylovim chiqib, oyna oldida turganimni koʻrgan uydagilar: — Hadeb oʻziga bino qoʻyish yaxshi emas, — deyishardi. Shukrullo, Saylanma

  3. Qirqin qizlar sozlanib-nozlanib, oʻziga bino qoʻyib, qoʻliga xino qoʻyib, boqqa joʻnadi. Nurali

2. Oʻziga ishonib ketmoq, magʻrurlanmoq.
  1. Gerdayib oʻtirishi, boshini koʻtarib, shoshmasdan gapirishi [Hojibning] magʻrur va oʻziga bino qoʻygan odam ekanini koʻrsatardi. M. Osim, Oʻtror

  2. Jonibek oʻziga bino qoʻygan bola. Sharq yulduzi


BINO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БИНО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
2192
So‘zning teskari yozilishi
onib
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

bino so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, bino so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+