Izoh.uz saytida boʻgʻ so‘zining izohi va ma’nolari

boʻgʻ

1. Qattiq qismoq.

  1. Tomogʻidan boʻgʻmoq. Galstuk boʻgʻib yuboryapti.

  2. Safarov yugurib borib, uni boʻgʻayotgan yoʻgʻon kishining yelkasiga bir tepdi. A. Qahhor, Asarlar

  3. Oyshabonu, erini birov boʻgʻib oʻldirayotgandek, dod sola boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal

  4. Piyoz oʻtash — xotinlarning ishi Nima boʻpti! Ariqqa oʻtirib olasiz-u, pushtadagi piyozni boʻgʻib qoʻygan oʻtni yulib tashlayverasiz. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi

2. Nafas olishni qiyinlashtirmoq, damini qaytarmoq.

  1. Sovuq jonlaringni ola-dimi? Tutun boʻgʻadi-ku, eshikni ochinglar! Oybek, Tanlangan asarlar. Oʻtning harorati Ergashevning yuzini qizdirib, burqiv chiqayotgan tutun esa nafasini boʻgʻar edi. N. Safarov. Nafasni boʻgʻadigan, koʻzlarni koʻr qiladigan chang-toʻzon buluti havoni tutdi. Oybek, Navoiy

3. Qattiq siqib, chandib yoki burab bogʻlamoq.

  1. Qopning ogʻzini boʻgʻmoq.

  2. — Oʻljalarimiz ham koʻpayib qoldi, — dedi qopning ogʻzini boʻgʻib H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

4. Gʻov, boʻgʻov solib toʻsmoq.

  1. Daryoni boʻgʻmoq. Koʻchani boʻgʻmoq.

  2. Toʻgʻon taxtasini pastga bosib, suvni boʻgʻmoqchi boʻlganida, toʻgʻonga qulf solinganini koʻradi. N. Safarov, Tanlangan asarlar

  3. Xalqimiz katta-katta kanallar qazib, daryolarni boʻgʻdi. Mushtum

5. Koʻchma Iskanjaga olib, tang ahvolga solmoq yoki halok qilmoq, mahv etmoq.

  1. Mudhish oʻrgimchak uyasi, qullik davrining mashʼum soyalari, hurlikni boʻgʻuvchi qora yuraklar! N. Safarov, Tanlangan asarlar

  2. Bunday paytlarda yashil koʻkat qanchalik koʻzni quvontirsa, shoʻrxok shunchalik taʼbni xira qilar, bamisoli biri hayotga talpinsa, ikkinchisi uni boʻgʻmoqchi boʻlardi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi

6. Koʻchma Toʻsqinlik qilib, oʻsishdan, rivojlanishdan toʻxtatmoq, barbod qilmoq.

  1. Tashabbusni boʻgʻmoq.

  2. U oʻz mayl-istagini boʻgʻmaydigan, koʻrkam ham uddaburon yigitga turmushga chiqishni oʻylaydi. Yoshlik

7. Koʻchma Ortiq darajada asabiylashtirmoq, xunob qilmoq, diqqatini oshirmoq.

  1. Oʻzingni ham diqqat qilma, meni ham boʻgʻma.

  2. Hijron panjalari uning [Zulfiqorning] tomogʻidan boʻgʻa boshladi. Mirmuhsin, Meʼmor

  3. Kishini boʻgʻasiz, Zaynab! Gapga temirchilik yaxshi emas! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

8. Rangini, tusini xiralashtirmoq; koʻrinishini buzmoq.

  1. Paxsa devorlar tabiat manzarasini boʻgʻib turibdi.

  2. U

  3. oʻrta boʻyli bir juvon boʻlib, egnidagi toʻq-qizil koʻylagi, uning ustidan kiyib olgan qora jiletkasi, boshidagi yashil roʻmoli qorachadan kelgan yuzini boʻgʻibroq qoʻygan boʻlsa ham, oʻziga xoʻp yarashgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

9. Ogʻirlashtirmoq, buzmoq.

  1. Kuni bilan quyosh taptini yegan paxsa devorlar oʻzidan issiqlik chiqarib, havoni boʻgʻib qoʻyadi. A. Muxtor, Opa-singillar

boʻgʻ soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ovozni (yoki gapni) boʻgʻmoq

1. Tovush paychalarini zararlantirib, ovozni chiqarmaydigan yoki xirildoq qilib qoʻymoq.
  1. Yoʻtal ovozimni boʻgʻib qoʻydi;

2. Koʻchma soʻz erkinligidan mahrum qilib, gapirtirmay qoʻymoq.
  1. Nega birovning gapini boʻgʻasiz? Balki oʻsha qiz Mirzayevni yaxshi koʻrar? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  2. Qachongacha ovozimni boʻgʻadilar, tirikman — tinchimayman, tinchimayman. Oybek, Tanlangan asarlar

Ishtahani boʻgʻmoq

1. Ishtahani ketkizmoq.
  1. Hayot boyagiday qiltomoq boʻlib oʻtiraverdi, toʻgʻrisi, bu noyob baxt uning ishtahasini boʻgʻib qoʻygan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

2. Hafsalasini oʻldirmoq; biror ishdan bezdirmoq, sovitmoq.
  1. — Ishtahasini boʻgʻib qoʻyish kerak unday odamlarning, — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi


BOʻGʻ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БЎҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
2402
So‘zning teskari yozilishi
ʻgʻob
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

boʻgʻ so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, boʻgʻ so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+