Izoh.uz saytida boʻliq so‘zining izohi va ma’nolari

boʻliq

1. Yaxshi oʻsgan, durkun; toʻlishgan; toʻla, semiz.

  1. Laʼlining boʻliq gavdasi unga ikki-uch yosh ulugʻvorlik qoʻshib turar, yaqinda maktabni bitirgan qizga oʻxshamas-di. D. Nuriy, Osmon ustuni

  2. Tez-tez nafas olganida, boʻliq koʻkraklari koʻtarilib-koʻtarilib tushadi. T. Ashurov, Oq ot

  3. Bu parivash jiyakli qizil atlas lozimi yal-yal yonib, boʻliq boldirini quchoqlab turgan, oʻzi alvon turli gullarni sugʻorib yurgan Shahzodaxon edi. K. Yashin, Hamza

  4. Sharofat xola qurtxonaga kirib, soʻkchakdagi vishillab barg yeb yotgan boʻliq qurtlarni koʻrib, hang-mang boʻlib qoldi. Gʻayratiy, Dovdirash

2. Boʻrsildoq, koʻpchib turgan, boʻz.

  1. Birov boʻliq yerga omoch solyapti, birovi yosh-yosh oʻgʻillarini yoniga olib, ariq kovlab, yuqoriga tuproq otadi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar

  2. Boʻliq tuproq bagʻrini yorib, nozik-yashil maysa uygʻondi. Saodat

  3. allaqayoqda boʻgʻiqqan momaqaldiroq guldurab, beozorgina yomgʻir savalab oʻtdi, boʻliq tuproq hidi anqidi. A. Muxtor, Chinor

3. Yaxshi rivojlangan, baravj; tiqmachoq,

  1. Bugʻdoy shunday oʻsiq va boʻliq ediki, bu masofadagi pastqam tepaliklar, soyliklar bilinmasdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

  2. Qovunlar boʻliq palak orasidan moʻralab, meni uz deyayotgandek. Gazetadan

  3. Paxtakorlarimiz asosiy eʼtiborni boʻliq koʻsak toʻplashga qaratdilar. Gazetadan

  4. Gʻoʻzaning shoxlarida marjondek tizilgan boʻliq, semiz koʻsaklar goʻyo chimmatlarini ochib, jamolini koʻz-koʻz qilayotgan goʻzal qizlarga oʻxshaydi. N. Safarov, Olovli izlar

4. Moʻl, barakali (hosil haqida).

  1. Boʻliq hosil bilan saxiy kuz keldi. E. Rahim, Yangi qadam

  2. Oʻz vaqtida, xatoning oldini olib berilgan ishlov gʻoʻzalarning boʻliq hosilga kirishiga yordam berdi. J. Abdullaxonov, Toʻyga kelinglar


BOʻLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БЎЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
2447
So‘zning teskari yozilishi
qilʻob
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing
boʻliq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, boʻliq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+