Izoh.uz saytida boʻri so‘zining izohi va ma’nolari

boʻri

1. Sutemizuvchilarning itsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon; qashqir.

  1. Ayrilganni ayiq yer, boʻlinganni boʻri yer. Maqol

  2. Boʻridan qoʻrqqan toʻqayga kirmas. Maqol

  3. Suvonjon qoʻraga hujum qilgan bir och boʻrini otib olibdi. S. Anorboyev, Oqsoy

  4. Bu choʻlda biram boʻri koʻp ekanki, kechasi bilan qoʻrqib chiqdim. S. Ahmad, Ufq

2. Koʻchma Yovuz, qonxoʻr, shafqatsiz odam haqida.

  1. Yuragim san eding, Gulnor, koʻzim ilgari ochilgan boʻlsa edi, man oʻz yuragimni boʻrilarga yedirarmidim? Tongla mahsharda qay yuz bilan sanga boqaman? Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Ahmad Husayn oqarib ketdi-yu, lekin indamadi, chunki boʻrilar orasida ekanini yaxshi bilardi. Oybek, Nur qidirib

  3. Badia xona burchagiga tisarildi. Roʻparasida turgan dahshatli boʻridan koʻz uzmasdi. Mirmuhsin, Meʼmor

3. Boʻri (erkaklar ismi).

boʻri soʻzi qatnashgan jumlalar:

Boʻri boqish (yoki qarash) qilmoq

Qoʻrqinchli, dahshatli qaramoq, yeb qoʻygudek qaramoq.
  1. Bir qoʻlida tesha, Sanobarga boʻri qarash qilib yaqinlashdi. K. Yashin, Hamza

Boʻri yeydimi

Nimadan qoʻrqasan degan maʼnoda ishlatiladigan ibora.
  1. [Hayot:] — Voyey, sizam bir qiziqsizki, buvi, nima, meni boʻri yeb ketarmidi? — dedi-yu, hovli etagiga yurib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  2. Latifjon hiringlab: — (Diplomni) boʻri yermidi, uyning toʻriga ekib qoʻyganman, — dedi. Mushtum

Boʻrimisiz, tulkimisiz?

Quruq qaytdingizmi yoki undirib? degan maʼnoda ishlatiladigan ibora.
  1. [Hasan:] Quruq kelishga uyaldim-da, taqsir! [Qodirqul:/ Qani, boʻrimisiz, tulki? Hamza, Boy ila xizmatchi

Boʻrining ogʻzi yesa ham qon, yemasa ham qon

Yomonligi bilan tanilgan, yomonligini qoʻysa ham, qoʻymasa ham — yomon degan maʼnoda ishlatiladigan ibora.
  1. Boʻrining yesa ham, yemasa ham ogʻzi qon. Shukrullo, Saylanma

Boʻri tugʻdi (yoki bolaladi)

Kun chiqib turib, yomgʻir yogʻayotganda aytiladigan ibora.

Boʻri qulogʻi ovda

Nomaʼlum kishilar yoki aygʻoq-agʻyorlar gap poylab yurgani haqida oʻz kishi-sini ogohlantirish uchun ishlatiladigan ibora.

Qoʻyni boʻriga topshirmoq

Biror narsani yoki ishni eng koʻp zarar yetkazadigan yoki suiisteʼmol qiladigan, oqibatsiz kishiga topshirib qoʻymoq.
  1. Murodova bilmaydi. Shuning uchun keyingi arizani Davronovga yuboribdi. — Qoʻyni boʻriga topshiribdi-da. I. Rahim, Ixlos

astr. Osmonning janubiy yarim-sharida joylashgan yulduzlar turkumi.


BOʻRI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БЎРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
2476
So‘zning teskari yozilishi
irʻob
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
5
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

boʻri so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, boʻri so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+