Izoh.uz saytida boʻsha so‘zining izohi va ma’nolari

boʻsha

1. Band etib yoki ishgʻol qilib turgan kimsadan, narsadan holi boʻlmoq.

  1. Zal boʻshadi. Yoʻl boʻshadi. Uy boʻshadi. Inoq oilada beshik boʻshamas. Maqol

  2. Sabzavot, poliz ekinlaridan boʻshagan yerlarni peshma-pesh haydashga kirishiladi. Gazetadan

  3. Hafiza boʻshagan bir stulga borib oʻtirib, sumkasidagi konspektni oʻqishga tutindi. Mirmuhsin, Umid

  4. Yodgor yon-veriga alanglab, zal boʻshab qolganini koʻrdi-da, darrov oʻrnidan turdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. Ishdan, amaldan, mansabdan qutulmoq, ozod boʻlmoq.

  1. U raislikdan boʻshadi.

  2. — To bosdi-bosdi boʻlguncha, ishdan boʻshab turasizmi yo? — deb soʻradi. N. Aminov, Qahqaha

  3. Oʻrozmat bu yerlardan boʻshab, boshqa ishga oʻtib ketdi. Gazetadan

  4. Qizlarxon oxiri er amriga koʻnib, vazifasidan boʻshadi. Mushtum

3. Qutulib chiqmoq, qutulmoq; xoli, er-kin boʻlmoq.

  1. Turmadan boʻshamoq. Birovning qoʻlidan boʻshamoq.

  2. Gʻulomjon onasining issiq quchogʻidan boʻshab, sekin oʻrnidan turdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  3. Homiladan boʻshagan ona organizmi 3-4 yil dam olishi kerak. Saodat

  4. Zuhra maktabdan boʻshadi deguncha dalaga chopadi. S. Zunnunova, Olov

  5. Qishloq ahli qish oylarida ishdan bir oz boʻshab qolishadi. R. Rahmon, Mehr koʻzda

4. Yechilib ketmoq.

  1. It boʻshab ketibdi.

1. Boʻsh, yumshoq boʻlib qolmoq.

  1. Yer namiqib, boʻshab qolibdi.

  2. Qatorda norday kavshaysan, Bahorda qorday boʻshaysan. Nurali

2. Tarangligini yoki mustahkamligini yoʻqotmoq, solqalanib qolmoq, boʻshashmoq.

  1. Otning ayili boʻshab qolibdi. Vint boʻshab qolibdi.

  2. Ogʻi keng ishtonining boʻshab ketgan bogʻichini shosha-pisha qaytadan bogʻlashga urindi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi

  3. Dokasi boʻshab ketgan, qayta bogʻlash kerak. Oybek, Tanlangan asarlar

boʻsha soʻzi qatnashgan jumlalar:

Koʻngli boʻshamoq

Quvonmoq, yayramoq; oʻzini yengil his qilmoq.
  1. Sen desam, koʻnglim boʻshab, Badanlarim qorday yashnab Nurali


BOʻSHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БЎША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
2508
So‘zning teskari yozilishi
ahsʻob
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

boʻsha so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, boʻsha so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+