Izoh.uz saytida boʻz so‘zining izohi va ma’nolari

boʻz

1. Xom pishitilgan paxta ipidan qoʻl dast-gohida toʻqilgan mato.

  1. Malla boʻz. Soʻz emgak boʻlar, boʻz — koʻylak. Maqol

  2. Arqogʻini koʻrib, boʻzini ol, Onasini koʻrib, qizini ol. Maqol

  3. Boʻzchilik bu yerdagilarning qariyb hammasiga ota kasb. Ayoli charx yigirsa, erkagi boʻz toʻqirdi. A. Muxtor, Opa-singillar

2. sft. Boʻzdan tayyorlangan, tikilgan,

  1. Boʻz yaktak qichitar, yaxshi xotin tinchitar. Maqol

  2. Noz-neʼmatning koʻpligidan boʻz dasturxonning yamogʻi koʻrinmay ketdi. S. Siyoyev, Avaz

  3. Nigor oyim boʻz toʻnni tekshirib koʻrdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Koʻkka moyil oq rang (asosan ot tusi haqida).

  1. Boʻz ot. Boʻz boʻri. Boʻz toʻrgʻay. Boʻz qarchigʻay. Boʻz eshak. Boʻz tuya.

  2. Oʻktam yosh boʻz otda iljayib turar edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

  3. U chorbogʻ chetidan boʻz otni choptirib chiqdi-yu, birdan jilovini qoʻyib yubordi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

  4. Safidan adashgan boʻz turna boʻzlar A. Suyun, Olis tonglar

  5. Katta, kuchli boʻz eshakni bolalarga tut-qizib, dastasi yoʻgʻon qamchini katta, juda kir sallasiga qistirdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

  6. Koʻldan bir kishi chiqib kela berdi, qoʻlida boʻz qarchigʻay. Intizor

boʻz soʻzi qatnashgan jumlalar:

Rangi boʻz boʻlib ketmoq yoki boʻzday oqarmoq

Rangi oppoq boʻlib ketmoq, rangi quv oʻchmoq.
  1. Nazokatning yuzi boʻzdek oqardi. A. Muxtor, Opa-singillar

  2. Uning rangi boʻzday oqarib ketgan, aʼzoyi badani qalt-qalt titrar edi. K. Yashin, Hamza

  3. Ajabo, bu odam nega kuladi, deb aftiga qarasam rangi boʻz boʻlib ketibdi! A. Qahhor, Asarlar

boʻz soʻzi qatnashgan jumlalar:

Boʻz yer

Ekin ekishga yaroqli, lekin uzoq vaqt ishlanmay, ekilmay yotgan yer.
  1. Boʻz yerga qadalgan chigit bagʻriga bahor nafasi tegdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi

  2. Boʻz yerlarga suv chiqadi, qishloq atroflari, qaqir — boʻz yerlar koʻkalamzor, ekinzor boʻladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

Boʻz tuproq

Subtropik hududlar va yarimchoʻl yerlarga xos tuproq.
  1. Poylab dehqon yoʻlini, boʻrsillaydi boʻz tuproq. A. Suyun, Olis tonglar

  2. Gul bogʻim, bogʻim-bogʻim, Bogʻ boʻlgan boʻz tuprogʻim. Mirtemir, Asarlar

boʻz soʻzi qatnashgan jumlalar:

Boʻz bola (yoki yigit)

Endigina kuchga toʻlib kelayotgan, turmush achchiq-chuchugini totmagan, turmush tajribasiga ega boʻlmagan, xom bola, oʻsmir.
  1. Koʻpchiligimiz jang koʻrmagan boʻz yigit edik. B. Imomov. Hormang, quroldoshlar

  2. Boʻz yigit emas-manmi, qon gup etib miyaga urdi. Mushtum

  3. Suluv qizing bor boʻlsa, Boʻz bolaga yoqarsan. Sharq yulduzi

  4. Shu kichkinagina boʻz yigit dilida soʻngsiz umidlar bor ekan. H. Gʻulom, Mashʼal

Oʻtsimon choʻl oʻsimligi; chalov.

Qattiq, uvvos yigʻi.

  1. Unutmoq ham shunchami, Dunyo toʻldi boʻzimga. M. Yusuf, Uyqudagi qiz


BOʻZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БЎЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
2590
So‘zning teskari yozilishi
zʻob
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

boʻz so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, boʻz so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+