Izoh.uz saytida boshqa so‘zining izohi va ma’nolari

boshqa

1. Zikr qilingandan, aytilgandan, koʻrilgandan yoki koʻzda tutilgandan boʻlak; oʻzga.

  1. Joni boshqaning tani boshqa. Maqol

  2. Boshqaning tilla-gavharidan onangning sariq chaqasi yaxshi. Qanotli soʻzlar

  3. Bizga bosh boʻlib turgan odam shunaqa deb oʻtirsa, boshqalardan nima oʻpkalaymiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  4. — Qiz koʻnmaydimi, demak, uning koʻngli boshqa birovda, — dedi Qadamboy ogʻa. S. Siyoyev, Yorugʻlik

  5. uning qalbi goh-goh boshqa bir qiz yodi bilan toʻlib-toshar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

  6. Menga boshqa soʻzingiz boʻlmasa, sizga javob. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

2. Mustaqil, alohida; biror xususiyati bilan farq qiladigan; boshqacha, oʻzgacha.

  1. Oʻnta boʻlsa, oʻrni boshqa, qirqta boʻlsa — qiligʻi. Maqol

  2. Bilak — bir, barmoq — boshqa. Maqol

  3. [Abdurahmonboy:] Taqsir, aslida koʻtar maliklarning eli boshqa, suvi boshqa boʻlgan. N. Safarov, Husnijamol

  4. Bu haqda boshqa fikr boʻlmagan i uchun, maorifdan boshqa muallim soʻrashga qaror qilindi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  5. Sen meni kim bilan tenglashtirmoqchisan?-Gulnor boshqa, men boshqa demoqchi Oybek, Tanlangan asarlar

  6. — E, u vaqtlar, — dedi xoʻrsinib Rixsi xola, — boshqa edi. S. Zunnunova, Yangi direktor

3. Begona, oʻzga, yot; birov.

  1. Boshqalar oldida uyaltirib qoʻymoq.

  2. — Pichoqni oʻzingga ur, ogʻrimasa — boshqaga, degan bir gap bor, — dedi jiddiy vaziyatda qutidor. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

4. rvsh. Tagʻin, yana, qayta, takroran.

  1. Keyin yotoqxonaga borguncha bu gapga boshqa qaytishmadi. Oʻ. Usmonov, Qismat

  2. Qodir boshqa ichmaslik sharti bilan ikkinchi piyolaning yarmini ichishga rozi boʻldi. A. Qahhor, Asarlar

5. koʻm. vzf. (chiqish kelishigi soʻz bilan) Boʻlak, tashqari.

  1. Bundan boshqa.

  2. — Menga qolsa, oʻrtada shundan boshqa hech gap yoʻq, oʻgʻlim! — dedi [hoji]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

boshqa soʻzi qatnashgan jumlalar:

Boshqa boʻlmoq

1. Ajralib, boʻlak boʻlib chiqmoq.
  1. Kichik oʻgʻli oʻylanib, boshqa boʻldi;

2. Oʻzgarmoq, boshqacha boʻlib qolmoq.
  1. bu men bilgan, sinagan Fotima emas. Endi oʻzgarib, tamom boshqa boʻlib qolgan. P. Tursun, Oʻqituvchi

Boshqa gap

1. Shunday demaysizmi; shunday desangiz durust.
  1. — Mana bu boshqa gap, — dedi mirshabboshi tirjayib Gazetadan

  2. — Ha, bunday degin, — Mirzakarimboy gapni davom ettirdi, — bu endi boshqa gap. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Boshqacha, oʻzgacha.
  1. — Kucher ahli ham tiriklikda uyquga qonadimi, uka? Oʻlganda — boshqa gap, — deb javob berdi Joʻra. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Bu kampirning ustidan qayoqqa dod deb boraman, biron joyda ishlasa boshqa gap edi. Mushtum


BOSHQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БОШҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
2825
So‘zning teskari yozilishi
aqhsob
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

boshqa so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, boshqa so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+