Izoh.uz saytida bur so‘zining izohi va ma’nolari

bur

1. Harakat yoʻnalishini oʻzgartirmoq, bir tomonga qayirmoq.

  1. Chavandoz otini orqaga burib, suv oqimiga qarab ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal

  2. Asror koʻp oʻylab oʻtirmay, yoʻlni Qamariddinnikiga burdi. Yoshlik

  3. Agar suv shu qiyalikdan oqadigan boʻlsa, uni toʻsib ham, burib ham boʻlmaydi. S. Ahmad, Ufq

2. Biror tomonga oʻgirmoq, qaratmoq.

  1. Salimboyvachcha achchiqlanib, yuzini teskari burdi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Jahongir bu qarashga dosh berolmay, yuzini burdi. Sharq yulduzi

  3. Domla boʻynini shartta burib, Elmurodga tikildi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  4. Besh-olti qari sigir tumshugʻini burib, yotgan yerida dumini likillatib qoʻya qoldi. Mushtum

3. koʻchma Yoʻnaltirmoq, qaratmoq; ogʻdirmoq, moyil qilmoq.

  1. Yosh koʻngilning maylini Ishga buraman. Gʻayratiy

  2. Nima qilay, uzoq gapirdim, Tushunchangni har tomon burdim. H. Olimjon, Tanlangan asarlar

4. Burmalanadigan narsani yoyiq holidan burma holiga keltirmoq, yigʻmoq.

  1. Xaltaning ogʻzini burmoq.

  2. Ziyodaxon qopning ogʻzini yana burib qoʻydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

5. Aylantirmoq, boshqarmoq.

  1. Mashina rulini burib, Tonna toʻkar Qizlaroy. Qoʻshiqlar

6. Siqmoq; chimchilamoq.

  1. Qoʻlini burab-burab oldi.

  2. Oltin uzuk barmogʻimni buradi, Bir yigit bor yoʻllarimda turadi. Qoʻshiqlar

bur soʻzi qatnashgan jumlalar:

Gapni (yoki soʻzni) burmoq

1. Fikrni chalgʻitib, gapni biror boshqa mavzuga koʻchirmoq.
  1. Mulozamat shu yerga yetganda, Razzoq gapni boshqa yoqqa burib yubordi. H. Gʻulom, Mashʼal

  2. qizlar birpas jim boʻlib qolishdi. Keyin Oʻrozgul opa gapni burib ketdi. Yoshlik

  3. Otaxoʻja aka otaning sir berib qoʻyishidan choʻchib, gapni burdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina

2. Fikrni butunlay boshqacha talqin qilmoq, boshqacha anglamoq.
  1. Soʻzimni burmang, Rahimjon aka! Bu nomardlik boʻladi! O. Yoqubov, Chin muhabbat

Boʻyin burmaslik

Itoatkorlik, boʻyin tovlamaslik, tobelik.
  1. Siz, ustod, bir nima desangiz, biz boʻyin burgan emasmiz. Mirmuhsin, Meʼmor

  2. bularning barchasi boyvachchaning yetoviga hech boʻyin burmay yurishadi uning zulm boltasini qayrab berishdan charchashmaydi. K. Yashin, Hamza

Labini burmoq

1. Biror ish-harakat, gap-soʻz, imo-ishora va boshqalarni maʼqullamaganlik, yoqtirmaganlikka ishora qilmoq.
  1. Xotini qalin boʻyalgan lablarini asabiy burdi. N. Aminov, Qahqaha

  2. Oyim ishonmay, labini burdi. H. Nazir, Yonar daryo

  3. Abdishukur shu ham gapmi deganday, labini burdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Yigʻlamsiramoq.

BUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
3213
So‘zning teskari yozilishi
rub
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

bur so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, bur so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+