Izoh.uz saytida buyur so‘zining izohi va ma’nolari

buyur

1. Istak-talabni bajarishga koʻrsatma bermoq; buyruq bermoq, amr, farmon qilmoq.

  1. Ish buyurmoq. Bolani ishga buyur, ketidan oʻzing yugur. Maqol

  2. Ishyoqmasga ish buyursang, Senga aql oʻrgatar. Maqol

  3. Uning nozikligi, koʻhlikligi hurmati ayab, yengil-yelpi ishlarni buyurardi. S. Ahmad, Ufq

  4. Men hazrati oliylari buyurgan Madrasa tarhini chizish bilan bandmen. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

  5. Hokim yasovulni chaqirib, yoʻlga hozirlanishni buyurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  6. Oʻlimga buyurdingiz, bizning nima gunohimiz bor ekan? Luqmoni Hakim

2. Biror narsani tayyorlab berish uchun murojaat qilmoq; buyurtma bermoq, buyurtirmoq.

  1. Palto buyurmoq.

  2. Muhiddin toleiga ofitsiant ham tez kela qoldi. Choy va ovqat buyurdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi

  3. Kelin poshshaga tilla uzuk buyurdingizmi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  4. Tuflini darhol gilamga qoʻyib, kiyib koʻrdi: — Oʻzimga buyurtirilganday! H. Gʻulom, Toshkentliklar

3. Topshirmoq, bermoq (qonun yoʻli bilan).

  1. Nafaqa kerak boʻlsa, daromadimning yarmini oling, lekin bolani tinch qoʻying. Bermayman, ovora boʻlmang! — Nega? Bolani onaga buyuradi-ku! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

4. tib. Tavsiya qilmoq, yozib bermoq, (dori-darmon, parhez va shu kabilar haqida).

  1. Parhez buyurmoq.

  2. Faqir bu sabilga ogʻushtabiz, bavajh dafʼi savdoyi tabib buyurgan. Hamza, Tanlangan asarlar

  3. Menmi? Menga nima rom kelishini oʻzim ham bilmayman. Lekin doktorlar konyak buyuradilar, mayli, konyak boʻlsin. Oybek, Tanlangan asarlar

5. Biror ish, topshiriq bilan biror joyga yubormoq, joʻnatmoq.

  1. Xushroʻy xizmat-chini oʻchoq boshi yumushlariga buyurib, choyni oʻzi qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Oʻzbek oyim burchakda bola koʻtarib oʻtirgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni toʻkib kelishga buyurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Xizmat desa juda abjir boʻlaman, Nima buyursangiz, ishlab kelaman. Murodxon

6. Taqdir qilmoq; xohlamoq, istamoq.

  1. Tangrining buyurgani shu ekan. Lekin, Meʼmor, siz yaxshi odamsiz, dilimga yoqasiz. Mirmuhsin, Meʼmor

  2. — Oʻgʻlim, koʻngil buyurgan ishdan zaruri boʻlmaydi, — dedi rais Toshpoʻlatovga. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi

buyur soʻzi qatnashgan jumlalar:

Buyuring yoki buyursinlar

1. Buyrugʻingizni beravering, buyrugʻingizni bajarishga tayyorman (tayyormiz).
  1. Sizga ogʻir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchiman, usta! — Buyuringiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Bu ishlarni menga buyuring, bekam! Mirmuhsin, Meʼmor

  3. Juman pismiqqa murojaat qildi: — Buyuringiz, afandim! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.;

2. Marhamat qiling, marhamat.
  1. [Volkov:] Afandilar, stolga buyursinlar! N. Safarov, Tanlangan asarlar

Aybga buyurmoq

  1. Aybga buyurmaysiz, oʻgʻlim meʼmorlikni oʻrgansin, otasidek sangtarosh boʻlib qolmasin, dedim. Mirmuhsin, Meʼmor

Tashrif buyurmoq

  1. Bir haftadan keyin qiz Jamolzodaning ustaxonasiga tashrif buyurdi. Yoshlik

Nasib boʻlmoq, nasib qilmoq.

  1. Uyalgan buyurgandan quruq qolar. Maqol

  2. Yugurganniki emas, buyurganniki. Maqol

  3. Qoʻsha qaringlar. Oʻgʻillaringga ham shunaqa sarpolar buyursin. T. Malik, Ajab dunyo

  4. Oʻsha kuni Matpanoga oʻz toʻyi buyurmadi. S. Siyoyev, Avaz

  5. Xoʻpam yarashdiki, qullugʻ boʻlsin, buyursin. Guldasta


BUYUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

БУЮР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
3278
So‘zning teskari yozilishi
ruyub
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

buyur so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, buyur so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+