Izoh.uz saytida chang so‘zining izohi va ma’nolari

chang

1. Mayda zarra, kukun holidagi tuproq yoki boshqa moddalar; gard, toʻzon.

  1. Yolgʻiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham, dongʻi chiqmas. Maqol

  2. Podadan oldin chang chiqarma. Maqol

  3. Shoyon mehnatingning nishonasi bu — Qora qoshlaringga qoʻngan chang, gʻubor. A. Oripov

  4. Toʻxta xola yuz-koʻziga koʻcha changi yopishayotganini ham payqamas edi. I. Rahim, Chin muhabbat

2. sft. Chang qoʻngan; gʻuborli.

  1. [Zargarov] Xona oʻrtasida sal bukchayganicha turib, chang etigi bilan ogʻir odimlab chiqib ketgan quruvchining besoʻnaqay gavdasini horgʻin kuzatib qoldi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat

  2. Arava chang qishloq yoʻlidan chiqib, katta tosh yoʻlga tushib oldi. I. Rahim, Chin muhabbat

3. bot. Oʻsimliklarning erkak jinsiy hujayralari.

  1. Ashir Haqqulov zargarlarga xos diqqat bilan bir gulning changini moʻychinak bilan olib, ikkinchi bir gulni changlayotgan ekan. S. Nurov, Narvoy

chang soʻzi qatnashgan jumlalar:

Chang bosmoq

Qalin chang bilan qoplanmoq (uzoq vaqt ishlatilmay yotgan narsa haqida).
  1. Telvizor, priyomnikni chang bosib yotardi. T. Ashurov, Oq ot

Chang koʻtarmoq (yoki chiqarmoq)

Bekorga gʻalva yoki shov-shuv koʻtarmoq.

Chang qoʻndirmaslik (yoki yuqtirmaslik)

1. Gard, dogʻ tegizmaslik, ozoda tutish.
  1. U kiyimiga chang qoʻndirmaydi;

2. Koʻchma oʻziga, nomiga dogʻ tushirmaslik, gap tegizmaslik.
  1. Hakimboyvachcha ilonday toʻlgʻandi u oʻzining va oila aʼzolarining ustiga chang qoʻndirishni istamas, oilasi bilan hech qanday oilani tenglashtirmas edi. Oybek, Tanlangan asarlar

Changini chiqarmoq

1. Tez tamom qilmoq; pok-pokiza tushirmoq, yeb yubormoq, yeb tashlamoq.
  1. Boqijon butun gavdasi bilan laganga tashlandi. Ota va oʻgʻil, goʻyo bahslashganday, palovning changini chiqarishdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

2. Toʻzitib yubormoq, dabdala qilib tashlamoq.

Hasratidan chang chiqadi

Hasrati koʻp, hasrati sira tugamaydi.
  1. Maxsum Qoʻchqorning musulmoni komil bandalarga koʻp ozor berayotganini gapirib, hasratidan chang chiqdi. S. Anorboyev, Oqsoy

1. Qutisimon trapetsiya yoki yoy shaklidagi, sim torlar tortilgan, tirnama yoki qoʻsh choʻp bilan urib chalinadigan jarang-dor cholgʻu asbobi

  1. Chang — oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orasida eng koʻp torlisi hisoblanadi. Gazetadan

2. Labga qoʻyib, poʻlat tilini barmoq bilan turtib, nafas bilan chalinadigan kichik cholgʻu asbobi; changovuz.

3. s. t. ayn. Zil III.

Panja; changal.

  1. Qochib qutulgan-man (qutulgan bilan) qayda borasan, Axiri changimda sen ham oʻlasan. Malikayi ayyor

chang soʻzi qatnashgan jumlalar:

Chang solmoq

1. Changal bilan ushlamoq, tutmoq; changal solib hujum qilmoq.
  1. — Basharang qursin! — Saida birdan yuzimga chang soldi. Yoshlik

2. koʻchma Tajovuz qilmoq, qasd qilmoq.
  1. Bilmayman, qaysi kun, qaysi damdadir Mening qismatimga chang soldi sayyod. A. Oripov


CHANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЧАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
3438
So‘zning teskari yozilishi
gnahc
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

chang so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, chang so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+