Izoh.uz saytida chap so‘zining izohi va ma’nolari

chap

1. Gavdaning yurak joylashgan tomonidagi; soʻl.

  1. Chap qoʻl. Chap yelka,

  2. Taajjubki, uning chap oyogʻi uvushgandek, oʻng qoʻlining barmoqlari ham dir-dir titrardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

2. Soʻl tomon, oʻng tomonning qarama-qarshi tomoni.

  1. Ahmad koʻchaning chap betidan — serdaraxt va qorongʻi yoʻlakdan yurdi. F. Musajonov, Himmat

3. koʻchma Oʻng kelmaydigan, teskari, noqulay.

  1. — Yoʻl garchi chaproq boʻlsa ham, bu gal uncha qiynalmadim. Kechga yaqin Donoxonlar uyiga yetib bordim, — dedi Nafisa. Gʻayratiy, Uzoqdagi yor

4. koʻchma Munosabati yaxshi emas (biror kimsa bilan).

  1. Madaminjon qizlar bilan chap boʻlib qolgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Mirvali shu odam bilan anchagina chap edi. S. Ahmad, Jimjitlik

  3. Bu orada narigi ikkovining gapi yana chap tushib qol-di. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha

chap soʻzi qatnashgan jumlalar:

Yoʻlni chap solmoq

Koʻzga tashlanmaslik, chalgʻitish maqsadida toʻgʻri yoʻldan yurmay, egri, aylanma yoʻldan yurmoq.
  1. Haydarali yoʻlni chap solib, soʻqmoqlardan yurdi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota

  2. [Ummatali] Yoʻlni chap solgan edi, u [Qimmatxon] quvib yetdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar

Chap bermoq

1. Epchillik bilan oʻzini olib qochmoq.
  1. Avazxon oyogʻini yerga tirab, abjir-lik bilan chap berib, chap tomondan qilich soldi. Malikayi ayyor

  2. Avtomat oʻqiga chap beramiz-a, ammo ofitserning choʻntagida granata boʻlsa-chi? T. Rustamov, Mangu jasorat

2. Tutqich bermay, oʻzini olib qochib yurmoq.
  1. Ishga chiq, desam, chap beradi, qachon qarasangiz, bozorning guli. S. Mahkamov, Dala tongi

3. Roʻbaroʻ boʻlmasdan, biror holatdan oʻzini asrashga harakat qilmoq.
  1. Nazarimda, Abdurazzoq ota keksalikka chap berib, yil sayin kuchiga kuch qoʻshilib bora-yotganday. N. Safarov, Olovli izlar

  2. [Yaxshiboyev:] Mayli, hozircha oʻlimga chap berib yuribmiz, bundan keyin ham biror oʻn besh-yigirma yil moʻljalimiz bor M. M. Doʻst, Lolazor

Chap yoni (yoki yonboshi) bilan turibdi

Kimsaning omadi yurishmagan, ishi chap-pasiga ketgan yoki serzarda boʻlib turgan kuni shunday deyiladi.
  1. Muhammad Rasul oʻz ichida: Bu kun boy chap yoni bilan turgan shekilli, deb ancha vaqtgacha kallasini osiltirib oʻtirdi. Oybek, Tanlangan asarlar

Chap ichakka ham yuq boʻlmaydi

Juda oz, ovora boʻlib yeyishga arzimaydi (ovqat haqida).

Chap koʻz bilan qaramoq

Boshqalarga nisbatan kamsitib, eʼtiborsiz qaramoq.
  1. Kolxozda hamma narsa brigadalarga baravar taqsimlansin. Rais birovga oʻng koʻz, birovga chap koʻz bilan qaramasin. H. Gʻulom, Senga intilaman

Chap qoʻl

ayn. Chap 2.
  1. Otaqoʻzi chap qoʻldagi eshikni ochdi. O. Yoqubov, Diyonat

ayn. Chalp.


CHAP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЧАП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
3472
So‘zning teskari yozilishi
pahc
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

chap so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, chap so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+