Izoh.uz saytida chatoq so‘zining izohi va ma’nolari

chatoq

1. Qoniqarsiz, yomon; yaxshi emas. Qarang, qanday ajoyib xislatlarim bor. Lekin siz ishga olmaysiz meni. Chunki menga ishonmaysiz —

  1. oʻtmishim chatoq-da. Yoshlik

  2. Talʼat: Yaxshi gapirdingiz Faqat mashina uchramagani chatoq boʻldi-da. Aksiga yuradi oʻzi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. Mushkul, qiyin.

  1. Tantiboyvachchaning nafasi ichiga tushib ketdi, lekin bu oʻngʻay-siz, chatoq ahvoldan qutulish uchun oʻzini bilmaslikka oldi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Xato, notoʻgʻri.

  1. tabelchi ham xuddi joʻrttaga qilganday, uning nomini yo tu-tilib aytar yoki chatoq oʻqib, ikki marta takrorlar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  2. Lekin yosh bolani —

  3. tabibning oʻgʻlini yantoq bilan savalaganim chatoq boʻlgan ekan. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi

4. koʻchma Qaysar, oʻjar; qitmir, ishkal qidiruvchi.

  1. Yer toʻgʻrisida bir chatoq odam bilan sudlashib yurgan edi, sud ishni buning zarariga hukm qilganmikan, deb oʻyladi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. [Umar:] Umuman, ehtiyot boʻling, sizni koʻrolmaydiganlar koʻp. Haligi indamas Vahob ham chatoq. Gazetadan

chatoq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ahvol (yoki ish) chatoq

Ahvol, vaziyat yaxshi emas; yomon, chigal.
  1. — Qozon qaynamay qoldi, oshna, ahvol chatoq, — dedim. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Ishlar chatoq, hamma narsa chappasiga aylanib ketibdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

Chatoq qilmoq yoki chatogʻini chiqarmoq

1. Notoʻgʻri, xato ish qilmoq.
  1. Darvesh gov yana bu yerda ham tilini tiymay chatoq qildi. Barcha beklarni yomon-lab, qargʻab, olovga moy sepdi! P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. Yomon, ogʻir ahvolga solmoq, zarar yetkazmoq.
  1. — Shodiyorga ayting, koʻpam aylanishmasin, tutsam, chatoq qila-man, — dedi Togʻay. Yoshlik


CHATOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЧАТОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
3561
So‘zning teskari yozilishi
qotahc
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

chatoq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, chatoq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+