Izoh.uz saytida choʻk so‘zining izohi va ma’nolari

choʻk

1. Tizzalamoq, choʻkka tushmoq.

  1. Choʻk, desa, tuya ham choʻkar. Maqol

  2. Uning [quduqning] yoniga choʻkkan nortuyani esa, bora-bora qum koʻmib, ulkan tuyatepaga aylantiribdi. M. Mansurov, Yombi

2. Umuman, biror joyga oʻtirmoq.

  1. Turdi gʻilay Malik muallimning yoniga choʻkdi. A. Koʻchimov, Halqa

  2. Rangi oʻchgan oʻrindiqqa choʻkkancha, barglari toʻkilgan namchil novdani tomosha qilyapman. Yoshlik

  3. Nurali itoatkorlik bilan supaga choʻkdi. Sharq yulduzi

  4. Horiganimdan noiloj toʻnkaga choʻkdim. Yoshlik

3. Sath, yuzadagi dastlabki vaziyatiga nisbatan pastlamoq; botmoq; ich-ichiga kirib ketmoq.

  1. Yer sathining bir xil joylari choʻkib, boshqa joylari koʻtarilib turadi. Fan va turmush

  2. Alimardon uning ichiga choʻkkan koʻzlariga bir lahza tikilib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. Tinib, tagiga oʻtirmoq, tinmoq (suyuqlikdagi aralashma, quyqa va shu kabilar haqida).

  1. Loyqa choʻkib, suv tiniqlashibdi. Namakobning tuzi tagiga choʻkib qolibdi.

5. Gʻarq boʻlmoq, botmoq; suvga botib, oqib halok boʻlmoq.

  1. Choʻkayotgan choʻpga yopishar. Maqol

  2. [Ayol] Beixtiyor muvozanatini yoʻqotib, suvga choʻkdi. Yoshlik

6. koʻchma Qaddi, boʻyi qisqarib, pastroq, kaltaroq boʻlib qolmoq, qisqa tortmoq.

  1. Uning [Bashirjonning] boʻyi bir qarich choʻkkandek, yelkalari chiqib, qomati oldinga engashib qolgandek edi. N. Aminov, Qahqaha

  2. Erining rangi dokadek oqarib ketgan, oʻzi bir zumda choʻkib, kichkina boʻlib qolgandi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi

  3. Devorlar jim choʻkaveradi. X. Davron.

7. Tepadan pastga tushib, sathni qoplamoq.

  1. Osmon yuzini qoplagan quyuq sargʻish chang yerga choʻkdi. Mirmuhsin, Gʻurbatdagi odam

  2. Baland toqqa choʻkar qor. Nurali

8. Qoplamoq, yoyilmoq.

  1. Oqshom choʻkdi.

  2. Tun ogʻib, qorongʻilik choʻkdi. Mirmuhsin, Temur Malik

  3. Qishloqqa tun choʻka bosh-laganda, menga jiyan sanalmish Zokir ishdan qaytdi. Yoshlik

9. koʻchma Egallamoq, oʻrnashmoq (ruhiy holatga nisbatan).

  1. Onaning koʻngliga chuqur gʻashlik choʻkkan. Saodat

  2. [Yaxshiboyev:] Mehr keyin keldi, armonlarim yuragimning tubiga choʻkdi. M. M. Doʻst, Lolazor

  3. Xotira —

  4. unutilmas, unutib boʻlmas armon. Yurak qaʼriga choʻkkan xayol. OʻTA

10. Maʼlum muddat davom qilmoq.

  1. Oraga ogʻir jimlik choʻkdi. Yoshlik

  2. Suhbat uzilib, oraga sukunat choʻkdi. Saodat

11. koʻchma Ruhiy tushkunlikka tushmoq.

  1. Farzandining oʻlimidan soʻng ona ancha choʻkib qoldi. Gazetadan

  2. Erining xiyonati Fazilatni behad choʻktirib yubordi. Yoshlik

12. koʻchma Iqtisodiy jihatdan tang ahvolga tushmoq; orqada qolmoq.

  1. U [Ismoilova] choʻkib qolgan bir necha kolxozni birlashtirib, ularni koʻtarishga rahbarlik qildi. N. Safarov, Olovli izlar

choʻk soʻzi qatnashgan jumlalar:

Tiz choʻkmoq

  1. Mard nomardga tiz choʻkmas. Maqol

  2. bir peshin chogʻi paykalda [Anvar] tiz choʻkib, Sevarguljon, men sizni sevaman, dedi. N. Qilichev, Chigʻiriq

Koʻngli choʻkmoq

  1. — Xarish demang, otimning koʻngli choʻkadi, — deb Avazxon otining sagʻrisini siladi. Gulshanbogʻ.

Oq tuya choʻkdi

Birinchi, dastlabki qor yogʻdi.

CHOʻK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЧЎК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
3947
So‘zning teskari yozilishi
kʻohc
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

choʻk so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, choʻk so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+