Izoh.uz saytida dadil so‘zining izohi va ma’nolari

dadil

1. Dangal ish tutadigan, qoʻrqib, hadiksirab oʻtirmaydigan; dovyurak.

  1. Dadil bola. Dadil xotin.

  2. Rahimberdi oʻziga ishongan, dadil yigit edi, ishlab charchamasdi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan soʻng

  3. Qadami, tovushi dadil. Har qanday mushkuldan man tortmay, tikka qarshi boradigan dovyurak odam koʻrinadi. A. Muxtor, Asarlar

2. Shijoat bilan toʻlib toshgan; jasurona, mardonavor, shaxdam.

  1. Dadil qadamlar.

  2. Xalq dadil boradi. Ayniqsa xotinlar — onalar jasur. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Tursunboy togʻli qishlogʻi tomon jiddiy, dadil odim tashlab boryapti. Oʻzbekiston qoʻriqlari

  4. Sherimbek dadil borib, Bobur mingan boʻz otning oltin bezakli yuganidan oldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

  5. Mehnat qilgan odam doim boshqalarning yuziga dadil qaraydi. T. Ashurov, Oq ot

3. Qoʻrqmay, ishonch bilan, bemalol, tortinmay.

  1. Dadil javob. Dadil tanqid.

  2. Uzoqdan boʻlsa-da, Yoʻlchiga dadil qaraydi, baʼzan yashirin iljayadi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Dadil tashlayotgan qadamlariga qaraganda, unda ikkilanishdan asar ham yoʻq. Gazetadan

  4. — Nima yordam kerak, tortinmay, dadil murojaat qilavering, — dedi Boymirzayev. Oʻzbekiston qoʻriqlari

  5. Maʼruf Nazarov kinematografiya, dramaturgiya sohasida ham dadil qalam tebratyapti. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari

4. Jismoniy, maʼnaviy jihatdan baquvvat; tetik, bardam.

  1. Elmurod odamlar toʻlqinida Fotima bilan yonma-yon yurarkan, oʻzini har vaqtdagidan dadil va yengil sezdi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Darmoni qurigan yigit oʻzini dadil tutishga tirishar, lekin munkib-munkib ketar edi. J. Sharipov, Xorazm

  3. Shundan keyin Normat oʻzini yanada dadil sezdi. I. Rahim, Chin muhabbat

5. Moddiy jihatdan oʻzini tutib olgan; boy-badavlat.

  1. Jamoa xoʻjaligimiz bu yil ancha dadil boʻlib oldi. Gazetadan

6. koʻchma Eng muhim, dolzarb, zaruriy.

  1. eng dadil gʻoyalarni oʻrtaga tashlab, uni roʻyobga chiqargan irrigatorlarning mardligi haqida hikoya qiladi. Oʻzbekiston qoʻriqlari

dadil soʻzi qatnashgan jumlalar:

Hamyoni dadil

s. t. Serpul, puldor.

DADIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ДАДИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
4260
So‘zning teskari yozilishi
lidad
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

dadil so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, dadil so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+