Izoh.uz saytida eg so‘zining izohi va ma’nolari

eg

1. Toʻgʻri, tik holatidan biror tomonga tortmoq; qayirmoq, bukmoq.

  1. Daraxt shoxini egmoq. Novdani ikki uchidan ushlab egmoq.

  2. Daryo tomondan gʻirillab esib turgan shabada yoʻl boʻyidagi oʻt-oʻlanlarni egar, tebratar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  3. Etak tutib, tik qaddimni egarmishman, Kunga kuyib, men ham paxta terarmishman. Mushtum

2. Oʻz izmiga boʻysundirmoq, itoat ettirmoq.

  1. E nodon qiz, Toʻlkinjon shuncha qizlarning ichida seni sevib qolgani uchun shodlan! Mayli, bari bir egib olaman! F. Musajon, Huri

  2. Nima qilsa, ishyoqmaslarni egib olish mumkin? Oʻzbekiston qoʻriqlari

eg soʻzi qatnashgan jumlalar:

Bosh egmoq

1. Boshini quyi solmoq.
  1. Bozorkul bunday paytlarda bosh egib, xomush oʻtirardi. A. Muxtor, Chinor;

2. Oʻzini itoatli, taʼzimda tutmoq.
  1. Polvon yosh bolaga oʻxshaydi, kekni bilmaydi, bosh egib borsa, albatta, kechiradi. S. Siyoyev, Otliq ayol

  2. jindek toqat qiling, toqatliga togʻ bosh egarmish. K. Yashin, Hamza;

3. Boʻysunmoq, izmidan chiqmaslik.
  1. Jaholatga shafqat bilmas zolimlarga hech qachon bosh egmayman. K. Yashin, Hamza

Boʻyin egmoq

1. Yoʻliga yurmoq, aytganiga yurmoq; boʻysunmoq.
  1. Eski raislar boʻyin egarmikin bu yosh juvonga. Ishlasa ham bir yil ishlaydi. I. Rahim, Ixlos;

2. Ishga qayishmoq, koʻnmoq.
  1. Aroqxoʻrlikka mukkasidan ketgan Abdujabbor ijtimoiy foydali mehnatga boʻyin egmay qoʻyibdi. Mushtum

  2. Hozir shunchalik past ishga ham boʻyin egish zarurati bor edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon


EG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЭГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
5325
So‘zning teskari yozilishi
ge
Harflar soni
2
Ko‘rishlar soni
4
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

eg so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, eg so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+