Izoh.uz saytida eshik so‘zining izohi va ma’nolari

eshik

1. Uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida oʻrnatiladigan, ochib-yopib turiladigan qurilish buyumi.

  1. Ikki tabaqali eshik. Oʻymakor eshik. Kabinet eshigi. Koʻcha eshigi. Hovli eshigi. Eshikni ochmoq. Eshikni taqillatmoq. Mehmon kelar eshikdan, Rizqi kelar teshikdan. Maqol

  2. Dildor shart oʻrnidan turdi-yu, eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi. S. Ahmad, Ufq

2. Umuman, odam, jonivor, narsalar joylashadigan qurilma, moslamalarning kirib-chiqiladigan, ochilib-yopiladigan qismi. Mashinaning eshigi. Samolyotning eshigi. Qafasning eshigi.

  1. Avtobusning eshigi ovozsiz ochildi: — Marhamat, chiqinglar. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

  2. Bu oʻrtada soat eshigi ochilib, kakku qush chiqdi-da: Kakku! Kakku!, deb yana kirib ketdi. U. Ismoilov, Saylanma

3.

  1. [Mirzakarimboy:] Eshigimda juda koʻp odamlar ishlagan. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. — Eshigini topa oldingizmi? — Topdim. Aytganingizdek, uning eshigini Toshkentda har kim bilar ekan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

4. Tashqari, tashqi maydon, koʻcha.

  1. Eshik sovuq.

5. koʻchma Bir maqsadga, yerga yetishish, erishish yoʻli, imkoniyat yoʻli.

  1. Baxt eshigi koʻrinib turibdi. H. Gʻulom, Mashʼal

  2. Barcha orzular eshigi deyarli yopiq edi. N. Safarov, Jasoratning tugʻilishi

eshik soʻzi qatnashgan jumlalar:

Eshik supurmoq

1. Hovli supurmoq;
2. Xizmatkor boʻlib ishlamoq, xizmatkorlik ishlarini bajarmoq.
  1. Eshigimni supursin bu Qoʻmondon, Boʻlsin barcha qilganiga pushaymon. H. Olimjon

  2. [Jamila:] Men sizni oʻla-oʻlguncha duo qilay, loyiq koʻrsangiz, choʻringiz boʻlib, eshigingizni supuray. Hamza, Boy ila xizmatchi

Eshikka chiqmoq

1. Uydan, xonadan tashqariga, hovliga chiqmoq.
  1. Koʻrpacha yozib, uni oʻtkazgach, men hozir, deb eshikka chiqib ketdi. S. Karomatov, Oltin qum

  2. Pazarboy eshikka chiqib qarasa, bu chodirdan boshqa chodirlar koʻp, odamlar son-sanoqsiz Oy-suluv

2. Hojatga chiqmoq, yozilgani chiqmoq, yozilmoq.

Eshik ogʻa (yoki ogʻasi)

Oʻrta Osiyo xonliklarida xon saroyidagi bosh xizmatkor; oliy hukmdorning turli qabul marosimlarini oʻtkazish ishlariga mutasaddi boʻlgan shaxs.
  1. Eshik ogʻa kirib, arkoni davlatning hozir boʻlganini bildirgach, Husayn Boyqaro kirishga ijozat berdi. Oybek, Navoiy

Eshik qoqmoq

1. Eshikni taqillatmoq;
2. Biror vaqt, fursatning yaqinlashib, kelib turganini bildiruvchi ibora.
  1. Bahor eshik qoqyapti.

  2. Ayniqsa, eshik qoqib yoz keldi-yu, xayol toʻrt yoqqa sochilib, vaqt yetishmay qoldi. H. Nazir, Yonar daryo


ESHIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЭШИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
5689
So‘zning teskari yozilishi
kihse
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

eshik so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, eshik so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+