Izoh.uz saytida falak so‘zining izohi va ma’nolari

falak

1. Yerdan yuqoriga qaraganda gumbaz, qubba shaklida boʻlib koʻrinadigan fazo boʻshligʻi, osmon gumbazi; osmon, koʻk.

  1. Yana chaqmoq chaqdi, yana falak gumburladi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari

  2. Chingizxon ot solib kelib, Minori Kalon tagida falakka boʻy choʻzgan bu obidaga mahliyo boʻlib qolibdi. Mirmuhsin, Meʼmor

2. koʻchma Taqdir, qismat, koʻrgilik.

  1. Men oʻzim bu falakning dastidan najot izlayman, begim. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

  2. Ey falak, charxing buzilsin, Kimlarga xor etding meni. E. Usmonov, Yolqin

falak soʻzi qatnashgan jumlalar:

Osmoni falak

1. Juda baland, yuksak.
  1. — Siz bilan toʻxtovsiz qilingan maishatlar meni avval osmoni falakka olib chiqib, keyin jarga uloqtirdi, — dedi Olim Ergashga. B. Rahmonov, Qilmish-qidirmish

  2. Shu barobar oldinda chang-toʻzonni osmoni falakka chiqarib girdob koʻtarildi. M. Mansurov, Yombi

2. koʻchma Dabdabali, balandparvoz.
  1. Nogʻoralar gumburi va karnaylar sadosi yana osmoni falakka chiqdi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo

Falakning gardishi bilan

Favqulodda hollarda, gʻayriixtiyoriy ravishda, vaziyat talabi, biror majburiyat orqasida; taqdir taqozosi bilan.
  1. Bu gʻarib va kimsasiz kishi asli Sabzavor shahridan, falakning gardishi bilan Hirotga kelib qolgan. Mirmuhsin, Meʼmor

  2. Falakning gardishi bilan shu qishloqqa kuyov boʻlib keldi. Mushtum

Parvoyi falak

Yuz berayotgan voqea va hodisalarga befarq qarovchi; parvo qilmaydigan, begʻam.
  1. Gʻoʻzalaringiz chanqab ketibdi siz boʻlsangiz parvoyi falaksiz. J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda

  2. Yuvosh esa parvoyi falak; hech narsa bilan ishi yoʻq, doim xursand. E. Rayimov, Ajab qishloq

Figʻoni falakka chiqmoq (yoki oʻrmalamoq, koʻtarilmoq)

Haddan tashqari jahli chiqmoq, asabiylashmoq, boʻgʻilmoq.
  1. Xayri bogʻchadan oʻgʻlini olgani kirganda, tarbiyachining figʻoni falakka chiqib turgan edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar

  2. — Padariga ming laʼnat, shu ham koʻp boʻldimi, — sakson yoshlar atrofidagi ota-xonning figʻoni falakka oʻrmaladi. Mushtum


FALAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ФАЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
5839
So‘zning teskari yozilishi
kalaf
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

falak so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, falak so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+