Izoh.uz saytida gʻubor so‘zining izohi va ma’nolari

gʻubor

1. Chang, toʻzon kabilardan havoda saqlangan yoki narsa sathiga ingan mayda zarralar; gard.

  1. Doʻl shunday shiddat bilan yogʻardiki, goʻyo yerdan chang koʻtarilib, havoni gʻubor bosdi, kunduz qorongʻilashdi. N. Safarov, Olovli izlar

  2. Paxta bitgan yerlaringni koʻrmoqchiman, Gʻuborini kiprigimga surmoqchiman S. Akbariy

  3. Shoyon mehnatingning nishonasi bu — Qora qoshlaringga qoʻngan chang, gʻubor. A. Oripov, Yillar armoni

  4. Saratonda muallaq qotgan gʻubori shabnam bilan yana oʻz onasi — tuproq ogʻushiga ohista choʻkdi. Saodat

2. Umuman, tiniqlik, ravshanlikni buzuvchi, xira qiluvchi (xiralashtiruvchi) zarralar.

  1. Osmonda gʻubor yoʻq, tiniqdan-tiniq, Quyosh charaqlaydi nurini sochib. Gʻ. Gʻulom

  2. Qishloqdan chiqqanimizda, gʻubor ichida koʻringan togʻlar ham ancha yaqin kelib qoldi. M. M. Doʻst, Lolazor

  3. Bugun kun boʻladi ravshan va bedogʻ, Gʻubor yoʻqdir zarra havoda. H. Olimjon

3. koʻchma Umuman, ravshanlik, tozalik, poklikni buzuvchi narsa (masalan, dogʻ va boshqalar).

  1. Tashqarida olamni jamiki gʻuborlardan poklamoqchidek, urib jala quyar edi. M. Mansurov, Yombi

  2. Zaynab Kumushning toʻlib yetmagan gavdasiga va oʻn olti yoshlar chamali gʻubor tegmagan husniga hayron boʻlib, mulohazasini aytishdan qoʻrqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Dil ham bamisoli shunday: sevgi sharobiga qatra gʻubor aralashdimi — tamom. M. Joʻra, Iztirob

4. koʻchma Kishi ruhini (ruhiyatini) buzuvchi holat, dogʻ, xiralik.

  1. Har qalay, kunduzlari chidasa boʻladi: bir-yarim yaxshi-yomonni koʻradi, undan-bundan ikki ogʻiz soʻzlashib, picha tafti chiqadi, gʻubori ariydi X. Sultonov, Onamning yurti

  2. Suhbatda odam yoziladi, dam oladi, gʻubordan chiqadi derdi Yusufjon aka. T. Obidov, Yusufjon qiziq

  3. Bir marta toʻyib hidlasang, ichingdagi jami gʻuborni haydab chiqaradi. S. Ahmad, Ufq

5. maxs. Changsimon dogʻ; kul (oʻsimliklar kasalligi).

  1. novdalarda ham, xuddi barglardagi singari, kulrang gʻubor paydo boʻladi. Gazetadan


GʻUBOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҒУБОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
6569
So‘zning teskari yozilishi
robuʻg
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

gʻubor so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, gʻubor so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+