Izoh.uz saytida goʻr so‘zining izohi va ma’nolari

goʻr

1. Oʻlikni koʻmish uchun qazilgan chuqur.

  1. Birovga goʻr qazisang, oʻzing yiqilasan. Maqol

  2. Goʻringdan tutun chiqqur! Goʻringda chirigur! (qargʻ.)

  3. Toʻpa xolaning yonida ochiq goʻr gʻorga oʻxshab, allaqanday vahima taratib, qorayib turibdi. I. Rahim, Ixlos

2. Oʻlik koʻmilgan joy va shu yerda tiklangan tepacha; qabr; qabr ustiga qurilgan maqbara.

  1. Qayerga borasiz, Qulbobo ajalingiz yetsa, otamizning goʻri yoniga siz uchun katta bir sagʻana yasab, sizni eltib koʻmamiz. S. Ayniy, Qullar

3. mod. s. GOʻRGA. 1. “Yaxshi“, ishqilib maʼnolarida qoʻllanadi.

  1. U(yigit) ilkis atrofga nazar tashlab, yuragini birdan vahm bosdi: ne boʻronda qolib ketmasa goʻrga edi. M. Mansurov, Yombi

4. Kesim tarkibida kelib, rozilik, istak va shu kabilar maʼnolarni ifodalaydi.

  1. Foydasini bermasa ham goʻrga, sakkiz ming soʻmni qaytarsin. A. Qahhor, Sarob

  2. — Qariganda meni bir baloga giriftor etmasang goʻrga edi, — deya qichqirdi [Zohir shayx]. S. Siyoyev, Yorugʻlik

5.

goʻr soʻzi qatnashgan jumlalar:

Goʻr azobi

Juda ham qiyin, mashaqqatli ish haqida.
  1. Yoʻl azobi —goʻr azobi. Maqol. Goʻr azobida Azob va mashaqqat bilan, katta qiyinchiliklar bilan.

Goʻrdami

ayn. Goʻrnimi.

Goʻriga gʻisht qalamoq

Birovni orqavoratdan soʻkmoq, haqorat qilmoq, qoralamoq.

Goʻrnimi

Qayoqda deysiz, hech-da.
  1. Bu safar silab-siypab oʻtibdimi? — Goʻrnimi?

Bir oyogʻi toʻrda, bir oyogʻi goʻrda yoki yoʻlidan goʻri yaqin

Oʻlay deb turibdi, oʻlimi yaqin (oʻlimi yaqin boʻlib qolgan qari odam haqida).
  1. Bir oyogʻim toʻrda-yu, bir oyogʻim goʻrda, ajal degan roʻdapo eshikning tirqishidan moʻralab turibdi-yu, qolgan besh kunimga shukur qilmay, yana orzu-havas qilaymi, aylanay ovsin! A. Muxtor, Opa-singillar

Ota goʻri qozixonami?

Arzimagan ishga, narsaga ham shuncha gʻalva-janjalmi?
  1. [Hasan] Turmasang turmassan. Shunga ham ota goʻri qozixonami! Men Zuhra bilan narigi uyga oʻtaman. N. Safarov, Kimga toʻy, kimga aza.

[Oʻz] goʻriga tortmoq

Birovni oʻz jinoyatiga sherik qilmoq; oyogʻidan tortmoq.
  1. U, Olaxoʻjani oʻz goʻriga tortmay, oʻsha yoqda yoʻq boʻlib ketsa koshki edi. P. Tursun, Oʻqituvchi

Qay(si) goʻrga

s. t. Qayoqqa, qayerga.
  1. Qaysi goʻrga yoʻqolding, bachchagʻar! — oʻshqirdi Boboqulga qarab. — Oʻtni yoq. Bir piyoladan choy ichib, yoʻlga tushaylik! S. Anorboyev, Oqsoy

Qay(si) goʻrda

s. t. Qayerda, qayoqda; qayerdadir.
  1. Ahmadjon aka! Qaysi goʻrda yuribsiz? Telefon qilmagan joyim qolmadi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar

Qay(si) goʻrdan

Qayerdan, qayoqdan; qayerdandir.
  1. [Rokiya:] Turgʻunboy — Farhodu, Muhabbat — Shirin edi. Qaysi goʻrdan bir xat keldi-yu, oralariga sovuqlik tushdi-qoldi. N. Safarov, Hayot maktabi

Hammasi (yoki bari) bir goʻr

Hammasi ham bir (xil), birdek, farqi yoʻq.
  1. — Koʻp oʻtmay, u meni yana boshqa joyga topshirdi. Bu boy dargohida oʻtgan hayotim eslashga arziydimi? Yoʻq. Hammasi bir goʻr edi, — dedi Hamroqul. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi

Har kimning goʻri boshqa

Har kimning ixtiyori oʻzida, har kim oʻz bilganini qiladi.
  1. Karomat undoq boʻlib ketdi, indamadim; mayli, bunisiga ham bir nima demayman, har kimning goʻri boshqa, menga nima. A. Qahhor, Qizlar


GOʻR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ГЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
7055
So‘zning teskari yozilishi
rʻog
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

goʻr so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, goʻr so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+