Izoh.uz saytida hikmat so‘zining izohi va ma’nolari

hikmat

1. Aql-zakovat, donolik va uning ifodasi boʻlgan, uni aks ettiruvchi narsa — gap-soʻz, fikr va shu kabilar; donolik belgisi.

  1. Oz yemoq — tani sogʻliq, Oz demak — hikmatga bogʻliq. Maqol

  2. Nodonning kulfati koʻp, Dononing —

  3. hikmati. Maqol

  4. Bobolarning hikmati Hayotga yorugʻ yoʻldir: Otang bolasi boʻlma, Odam bolasi boʻl, der. E. Vohidov

  5. Podshoh bilan sherga yaqin boʻlmoq hikmatdan emasdir. Ertaklar

  6. Kurashmoq — oʻrnak boʻlib yashamoq demakdir! — degan edi mualliming, faylasuflarning hikmatini bayon qilib. I. Rahim, Chin muhabbat

  7. Harakatda barakat —

  8. koʻp qadim hikmat M. Shayxzoda

2. Tagini anglash qiyin boʻlgan, yashirin bir maʼno, yashirin bir sabab; sir.

  1. Bu oynada qanday hikmatni koʻrding? Jonim bolam, sening holing na boʻldi? Bahrom va Gulandom

  2. Oldingga kelgan yigit ketolmaydi, sizlarda biror hikmat bor ekan-da. Oq olma, qizil olma

  3. Bektemir generallarni urushning butun hikmatini biladigan bagʻoyat hurmatli aziz odamlar deb tushunardi. Oybek, Quyosh qoraymas

  4. Bulbul sayraydi, xoʻroz qichqiradi, eshak hangraydi, ot kishnaydi. Bularning tirikchiligi shu-da. Bunda nima hikmat bor deysiz? P. Tursun, Oʻqituvchi

3. kam qoʻll. Foydali tomon; naf, foyda (ish, harakat haqida).

  1. Rahmat Otabekka kulimsirab qaradi-da, togʻasiga javob berdi. — Xotin koʻpaytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati boʻlsin? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Toʻgʻri, sholikorlikda hikmat koʻp boʻladi. Sh. Gʻulomov, Tashabbus

4. Hikmati bor narsa, hikmat bildiruvchi fikr, gap.

  1. Qurib ketmang! Qoʻchqor yogʻi yeb, endi bir hikmat koʻrsatmoqchimidilar! M. Boboyev, Goʻzallik istab

  2. Qori, xuddi favqulodda bir hikmat eshitganday, ogʻzini va koʻzlarini katta ochib, Toʻpanisoga qaradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  3. Yosh xotin qari erkakni yashartiradi, degan gaplar bor; qariganda uylanadigan erkaklar ana shu hikmatga amal qilar emish Choʻlpon, Kecha va kunduz

5. esk. ayn. Fizika.

  1. — Ha, hikmat kesakdan alanga chiqargandek, siz ham kitobdan olgan bilimlaringizni turmush maktabida sinov-dan oʻtkazing, — dedi qiz. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar

6. Hikmat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

hikmat soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ilmi hikmat

Fizika.
  1. Madrasa — diniy maktab. Lekin riyoziyot, ilmi hikmat, handasa, kimyo degan darslar ham oʻtiladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.


HIKMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҲИКМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
7752
So‘zning teskari yozilishi
tamkih
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

hikmat so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, hikmat so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+