Izoh.uz saytida hordiq so‘zining izohi va ma’nolari

hordiq

1. Ish-mehnat, harakat qilib charchagan, tolgan holat; horgʻinlik, charchoq.

  1. Muloyim, dilnavoz sadolar uning [Yoʻlchining] butun tomirlaridan hordiqni sugʻurganday boʻldi. Oybek,Tanlangan asarlar

  2. Bolalarning zakazini bajarishga ketgan dam olish soatlarining hordigʻi birvarakay yozilganday, koʻkragini toʻldirib nafas oldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

  3. Erkin mehnat qoʻshiqlaring bastalab, Yaxshilab chal, hordiqlarim toʻkayin. Gʻayratiy

2. Dam olish; dam.

  1. Kuy berar yurakka hordiq va darmon H. Olimjon

  2. Otaqoʻzining rais boʻlganiga yigirma yildan oshdi. Yigirma yil hordiq nima, huzur-halovat nima — bilmaydi. O. Yoqubov, Diyonat

  3. Tushlik oʻtib, ikki soatlik majburiy hordiq tamom boʻlgandan keyin, kasalxona gavjum boʻlib ketdi. Oʻ. Xoshimov, Nur borki, soya bor.

  4. Tong gʻira-shirasida uxlab, hordiq olgan aravakash otlarni sugʻorib, aravalarga qoʻshdi. Mirmuhsin, Meʼmor.

3. s. t. Dam olish kuni. U

  1. hordiq oqshomi hammomga tushdi-yu, xodmigarlardan biriga haligi soʻrogʻini berdi. A. Qahhor, Mirzo

hordiq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Hordiqdan chiqmoq

ayn. Hordigʻi chiqmoq 2.
  1. U oʻshanda yana bir hordiqdan chiqdi. Shams, Dushman

  2. Shuncha kommunistlarning boshini kestirib hordiqdan chiqmagan Badriy afandi endi mening ham boshimni moʻljalga olyapti. N. Safarov, Tanlangan asarlar

Hordigʻi chiqmoq

1. Charchogʻi yozilmoq, tarqalmoq; shu tarzda dam olmoq.
  1. Keling, qizim, qoʻlingizni yuving. Jindak nahori qilaylik, shoyad hordiqlaringiz chiqsa. Hamza, Paranji sirlari;

2. Alami tarqamoq, koʻngli joyiga tushmoq.
  1. Hozir kengash chaqirib qoʻymaganida, jiyanining taʼzirini berib, hordigʻi chiqqan boʻlardi. J. Abdullaxonov, Xonadon

Hordiq kuni

ayn. Hordiq 3.
  1. Hordiq kunlari shahardan chiqadigan avtomobil shu yerda [maktab sahnida] kartina qoʻyib berar edi. A. Qahhor, Asror bobo


HORDIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҲОРДИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
15738
So‘zning teskari yozilishi
qidroh
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

hordiq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, hordiq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+