Izoh.uz saytida hovur so‘zining izohi va ma’nolari

hovur

1. Issiqlikdan koʻtarilgan kuchsiz, yengil bugʻ.

  1. Kunlar yaraqlab ketgan, shudgor betidan jimir-jimir hovur koʻtariladi. R. Rahmon, Mehr koʻzda

  2. Dasturxon ustidagi kosalardan issiq va yogʻliq shoʻrvalarning hovuri chiqib turardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

2. Issiqlik taʼsiri; harorat, taft.

  1. Qizilqum va Qoraqum barxanlari quyosh qahr-gʻazab bilan sochgan butun hovurini insonga purkab, bagʻriga hech kimni yoʻlatmagan. S. Karomatov, Amu-Buxoro

  2. Quyosh tikkaygan sayin havo kuchliroq qiziydi. Soch tolasini yelpirga shamol yoʻq. Yerdan issiq hovur uradi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.

  3. Asfalt yoʻllar, shifer va tunuka tomlardan qaynoq hovur koʻtariladi. S. Nurov, Narvon

3. koʻchma Kishining qizishgan holati.

  1. Aslo mening hovurim bosilmaydi, Betingdan tishlab olib qonatmasam. Oq olma, qizil olma

hovur soʻzi qatnashgan jumlalar:

Hov(u)rini bosmoq

1. Oʻziga kelmoq; tinchlanmoq.
  1. Bir piyola choy ber, bolam, hovurimni bosib olay, keyin aytaman. Mushtum

  2. Toʻrabek baʼzan qoʻliga xipchin olib, bolalarga doʻq-poʻpisa qilar, shu bilan hovrini bosar edi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota

2. Qizishgan holatdan qaytarmoq; tinchlantirmoq.
  1. Rasuljon qizishib borayotgan cholning hovrini bosishga urindi. J. Abdullaxonov, Xonadon

Hovrini olmoq

Noxush, lohas holatdan chiqarmoq.
  1. Ish ovutgan boʻlsa, yor-u doʻstlari koʻnglini koʻtardi, hovrini oldi. Shuhrat, Umr pogʻonalari

Hovuriga osh pishadi (yoki osh damlasa boʻladi)

Oʻzini juda yuqori tutib, haddidan oshganlikni bildiradi.
  1. hovuriga ikkita osh pishadigan boshliq burniga qoʻngan pashshaga dagʻdagʻa qilib, mushti bilan qoʻrib haydadi. M. Muhamedov, Qahramon izidan

  2. chek beruvchi Fayzi Rahimov haddan chunon oshganki, hovuriga osh damlasa boʻladi. Mushtum

Hovur(i)dan tushmoq

1. Qizishish, jahldan qaytmoq.
  1. Sultonov choʻntagini titkilab, kalitini topdi shekilli, sal hovuridan tushdi. M. Mansurov, Yombi

  2. Universal., bir tekisda ishlayotganini koʻrib, Umarali hovurdan tushdi. I. Rahim, Ixlos

2. Manmanlik, oʻzini yuqori tutish holati yoʻqolmoq; popugi pasaymoq.
  1. Xolmat yigʻilishdan keyin ancha hovuridan tushdi, pasayib qoldi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin

  2. Yigit-yalangning arzini eshitdim Yodgorxoʻja oʻshqirib kelib edi, qamatib qoʻydim. Jindek hovuridan tushmasa boʻlmaydi. Choʻlpon, Kecha va kunduz


HOVUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҲОВУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
15771
So‘zning teskari yozilishi
ruvoh
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

hovur so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, hovur so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+