Izoh.uz saytida husn so‘zining izohi va ma’nolari

husn

1. Yoqimli, oʻziga tortuvchi tus, koʻrinish; chiroy, koʻrk (inson yuz tuzilishi, ifodasi, rangi va shu kabilarga nisbatan).

  1. Husn toʻyda kerak, aql kunda kerak.

  2. Gulshanbonu Xudoyor xonligining ikkinchi davrida oʻz husni bilan bir necha martaba xonning iltifotiga sazovor boʻlgan haram kanizlaridan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

  3. Sodiqjon odobli, aqlli, qomat-u husnda ham koʻzi tushgan qizlarni qoqiltiradigan yigit edi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi

  4. Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, shoʻxligini ham, ovozidagi latofatini ham quvarkan. S. Ahmad, Ufq

2. koʻchma Yoqimli koʻrinish; chiroy.

  1. Biz, etagimizdagi yamoq koʻrpaday, qishlogʻimiz husnini buzib turgan choʻl parchasiga soʻnggi marta hujum qilamiz. Oʻzbekiston qoʻriqlari

  2. Kechagi changbosdi yomgʻir tabiatga husn berib ketganidek, odamlarning ham bahridilini ochib yuboradi. N. Fozilov, Diydor

3. koʻchma Chiroy boʻluvchi narsa, chiroy timsoli; chiroy.

  1. Fargʻona — Oʻzbekistonning husni, xoli. Shuhrat, Shinelli yillar

  2. Yaxshi yigitlar — armiyaning husni! Shuhrat, Shinelli yillar

  3. Kanalning ikki yoqasi boʻylab qurilgan ikki qavatli binolar shu qadar koʻrkamki metallurglar shaharchasiga husn boʻlib tushgan edi. N. Safarov, Tanlangan asarlar

husn soʻzi qatnashgan jumlalar:

Husni axloq

esk. kt. Yaxshi xulq, goʻzallik va bu haqdagi taʼlimot.
  1. Imom, maktab domlasi va bir mudarris ham, bu munosabat bilan, bolalarga husni axloqni taʼlim [berish] xususida bir oz dahanaki jang qilishdi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Husni mutlaq

esk. kt. Yaratuvchi, xudo.
  1. Uch kunlik hayotning neʼmatlaridan qoʻl qoqib, husni mutlaqning muhabbati bilan yashamoq qadar ulugʻ baxt bormi? Tabiatning oʻzi husni mutlaqning bepoyon jilvalar koʻrsatgan ulugʻ koʻzgusidir. Oybek, Navoiy

Husni qabul

esk. kt. Izzat-ikrom bilan, yaxshi kutib olish.
  1. Biz borib, onhazratga janobingizning duongizni eshittiramiz; husni qabulingizni, ijobatingizni uqtiramiz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon


HUSN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҲУСН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
15891
So‘zning teskari yozilishi
nsuh
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

husn so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, husn so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+