Izoh.uz saytida igna so‘zining izohi va ma’nolari

igna

1. Bir tomoni nayzasimon, ikkinchi tomoni teshik boʻlib, teshigidan ip oʻtkazib, narsa tikishga moʻljallangan ingichka metall asbob.

  1. Mashina igna. Tepchik igna. Qaviq igna. Ignaga ip oʻtkazmoq.

2. Turli asboblarning ignasimon qismi.

  1. Patefon ignasi. Primus ignasi.

3. tib. Tibbiy texnikada: ingichka sim yoki uchi oʻtkir naycha koʻrinishidagi sanchiluvchi yoki sanchiluvchi-kesuvchi asboblarning umumiy nomi.

  1. 1982 yil sentyabr oyining oxirlarida igna bilan davolovchi olim va shifokorlarning butunittifoq anjumani boʻlib oʻtdi. Fan va turmush

4. Baʼzi oʻsimlik va jonivorlarning ignasimon aʼzosi, nayzasi, tikani.

  1. Daraxt ignasi. Kirpi ignasi.

igna soʻzi qatnashgan jumlalar:

Igna bilan quduq qazimoq

Qiyin, mayda, mashaqqatli va uzoq muddatli ishni qunt, bardosh, matonat bilan bajarmoq.
  1. Ilm (olish) — igna bilan quduq qazish bilan baravar.

Igna sanchmoq

Ogʻir botadigan gap aytmoq, qattiq tegadigan gap gapirmoq.

Igna teshigidan oʻtadigan

Chaqqon, abjir.
  1. Razvedkaga igna teshigidan oʻtadigan epchil kishilar kerak. Shuhrat, Shinelli yillar

Igna ustida oʻtirmoq

Juda betoqat, bezovta va azobda boʻlmoq.
  1. U [Odiljon] igna ustida oʻtirganday, juda betoqat edi, dam-badam tomogʻini qirib yoʻtalib, soatiga qarardi. R. Rahmonov, Qoʻshnilar

Ignaday narsani tuyaday qilmoq

Kichik narsani katta qilib koʻrsatmoq, mubolagʻa qilmoq, orttirib, boʻrttirib yubormoq.
  1. Qoʻziboyning ignaday narsani tuyaday qilib gapirish odati bor. H. Nazir, Koʻkorol chiroqlari

Ignadek sanchilmoq

Qattiq botmoq (gap haqida).
  1. Bekmurodga cholning deganlari goʻyo ignadek sanchildi. I. Oʻktamov, Izza

Ignaning uchiday

Juda kichik; zigʻircha, jichcha.
  1. — He-he-he, — ellikboshi kulib, koʻzlarini artdi, — ignaning uchiday yolgʻoni yoʻq, quling boʻlay, boyvachcha. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Biroq, mening gunohim ignaning uchiday boʻlsa, sizlarning aybingiz tuyaday. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli


IGNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ИГНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
16006
So‘zning teskari yozilishi
angi
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

igna so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, igna so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+