Izoh.uz saytida il so‘zining izohi va ma’nolari

il

1. Mix, qoziq, ilgak va shu kabilarga osmoq, osib qoʻymoq.

  1. Hoʻl, ogʻir shinelini va gimnastyorkasini daraxtga ildi. Oybek,Quyosh qoraymas

  2. Yigit boshidan qalpogʻini olib, qoziqqa ildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Tursunboy ota otning boʻyniga yemtoʻrvasini ilib shoshib-pishib, namozi shomni oʻqib chiqdi. S. Ahmad, Ufq

2. Ilmoq va shu kabilarga olmoq, tushirib tortmoq.

  1. Suvdagi xas-xashaklarni ilib tortmoq.

  2. uchta eski koʻrpani soʻkdik. Qovugʻidan iplarni ignaning orqasi bilan ilib oldik. A. Hamdam, Doʻstingdan

3. Otilgan yoki yuqoridan tushayotgan narsani yerga tushirmay tutmoq, tutib olmoq.

  1. Bolalar qoʻllarini choʻzib, sapchib, sochqilarni ilib oldilar. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi

  2. It jon-jahdi bilan ikki sakrashdayoq pirillab ketayotgan konvertni lunjiga hap etib ilib oldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

4. Kiymoq (odatda, yengil-yelpi, rasman boʻlmagan kiyish haqida).

  1. U kavushini mahsisining uchiga ilib, hovliga tushar ekan, xotiniga qayta taʼkidladi H. Gʻulom, Mashʼal

il soʻzi qatnashgan jumlalar:

Gapni (yoki soʻzni va shu kabilarni) ilib ketmoq

Birovning ogʻzidan gapni olib, davom ettirib ketmoq.
  1. — Ha, boyatdan beri senga tikilib oʻtiribman, aylanay, — kampir gapni ilib ketdi, —undoq qarayman, mundoq qarayman, koʻzlarimga ishonmayman. A. Muxtor, Opa-singillar

  2. Toʻgʻonbek bir hikoyani bitirib, boshqasini oʻylarkan, Binoiy soʻzni ilib ketdi. Oybek,Navoiy

  3. xushchaqchaq suhbat boshlanishiga ilhaq boʻlib turgan Akramjon Mastura boshlagan askiyani ilib ketdi. A. Qahhor, Ming bir jon

Ilib ketmoq

Ega chiqmoq (boshqalardan oldin), oʻziniki qilib olmoq.
  1. Qizi tovuq fermasida ishlaydi. Bir traktorchimiz ilib ketdi. Sh. Toshmatov,Tongdagi koʻlanka

  2. Innaykeyin, hozir boʻlinglar, qaqir yerlarga jon kirganda, tagʻin Teilaboy ilib ketmasin. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

Ilib olmoq

Tushunib yetmoq (olmoq), bilib olmoq.
  1. Ishdan horib-tolib chiqqan Shoqosim chala-chulpa eshitsa-da, maʼnoni tez ilib oldi. Oybek,Tanlangan asarlar

  2. juda shoʻx, sergap, har narsani darrov ilib oladi. R. Fayziy, Hazrati inson

  3. U [Tursunoy] ustaxonaga oʻtadigan aravakashning yallalarini ham ilib olgan edi. A. Muxtor, Opa-singillar

Koʻzga (yoki nazarga) ilmaslik

Nazar-pisand qilmaslik, mensimaslik.
  1. baʼzi birovlar Xotin kishining qoʻlidan nima ish kelardi? deb nazariga ilmagan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi

Oyoq ilmoq

shv. Toʻxtamoq (yoʻldan).
  1. Surnay navosi chiqayotgan, quyuq tutun oʻrlayotgan toʻyxona ostonasida oyoq ildik. T. Murod, Ot kishnagan oqshom

  2. Yaxshisi, bunday qilsak. Yoʻlda oyoq ilsak: qishloqqa qorongʻilatib kirib borsak. T. Murod, Ot kishnagan oqshom

Quloqqa ilmoq

Soʻz(gap)ni eʼtiborga olmoq; tinglamoq.
  1. Gapimni uch bora quloqqa ilgil. Voqif.


IL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
16187
So‘zning teskari yozilishi
li
Harflar soni
2
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

il so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, il so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+