Izoh.uz saytida ilash so‘zining izohi va ma’nolari

ilash

1. Ilinmoq, yopishmoq (xas-choʻp, loy va shu kabilar haqida).

  1. Uning etagiga paxta ilashibdi. Yaxshiga ipak ilashur, yomonga — tikan. Maqol

  2. Shunda qoʻliga shilimshiq loy ilashganini sezdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

  3. Bir quti sigaretga ilashib, choʻntagimdan Moskvichning kaliti ham chiqdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

  4. U etakka ilashib qolgan paxtalarni qoqayotganda, boshidagi chopon birdan sirgʻalib tushib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.

2. koʻchma Yopishmoq.

  1. Men sudxoʻrman, bu oʻgʻri, Oʻroqdan ham biz toʻgʻri. Bizga ilashganlarning Oʻtdek yonadi goʻri. Hamza

  2. Yoshlikdan ilashgan illat hali koʻp munkitadi. Sh. Gʻulomov, Boʻz yer uygʻondi

3. salb. Ketidan yurmoq; ergashmoq.

  1. Unsin indamadi, orqasidan ilashib koʻchaga qadar chiqqan Xayrinisoning soʻzlarini ham eshitgisi kelmasdi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Ketidan qolmay (biron maqsadda) yurmoq; aylanishmoq, ilakishmoq.

  1. — Pulimni oldirib qoʻydim. Yonimda mana shu yigit ilashib yurgan edi, gumonim shundan, — dedi Sulton Gʻ. Gʻulom, Shum bola

  2. Jiyaningizga bir qizmi, juvonmi ilashib yurgan emish, shu rostmi? S. Nurov, Narvon

5. kam qoʻll. Birgalashib, ulanib ketmoq; qovushmoq, qoʻshilmoq.

  1. Men mehmonlar bilan sirdosh ogʻaynilardek ilashib ketdim. I. Oʻktamov, Hikoyalar

  2. Deyarli hamma bilan ilashib ketdi. J. Abdullaxonov, Toʻfon

  3. Gap-soʻz bir-biriga ilashmadi: chol oldida xotinlar haqida soʻzlanilmadi. Oybek, Tanlangan asarlar

ilash soʻzi qatnashgan jumlalar:

Koʻzga ilashmoq

Zoʻrgʻa koʻrinmoq, koʻzga chalinmoq.

ILASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ИЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
16072
So‘zning teskari yozilishi
hsali
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

ilash so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, ilash so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+