Izoh.uz saytida ip so‘zining izohi va ma’nolari

ip

1. Paxta, xom ipak, zigʻir, jun va shu kabilar tolasidan ingichka qilib yigirilgan yoki yigirilmagan tikuv, toʻquv materiali.

  1. Pishiq ip. Xom ip. Mashinaga ip solmoq. Ip gazlama.

  2. [Alioxun] Bir necha minutdan soʻng turib ignani oldi, qayerdandir ip topib, eski, seryamoq koʻylagining yirtigʻini tikishga oʻtirdi. Oybek,Tanlangan asarlar

  3. Buni sotib, charm, ip, sirach, mum singari kosibchilik uchun kerakli ashyolarni oladi. Oybek,Tanlangan asarlar

2. Umuman, bogʻlash, oʻrash va shu kabilar maqsadlar uchun qoʻllanadigan narsa (masalan, shnur, kanop, chilvir).

  1. Botinka ipi. Mard yigit qoʻlida ajdar oʻladi, Nomard odam ipni ajdar biladi. Maqol

  2. Togʻasi, soʻyilgan qoʻyning ipini oldi-yu, shoshib, tashqariga chiqib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

3. Pay, ichak va shu kabilardan cholgʻu asboblari uchun tayyorlangan tor.

  1. Meli polvon dutorga achchiq qilib soʻzladi: — Seni oʻylab topgan Aflotunni koʻp aqlli odam oʻtgan deydilar-u, faqat ipingni uzilmaydigan qilib yasashga aqli yetmabdi-da. P. Tursun, Oʻqituvchi

4. koʻchma ayn. Rishta 3.

  1. Doʻstlik ipi. Muhabbat ipi.

  2. Doirachi, raqqosa va sozandalar oʻrtasida tomoshabin sezmaydigan nozik aloqa ipi mavjud. T. Obidov, Yusufjon qiziq

  3. Hayotning koʻngli choʻkib ketdi, lekin joni chiqib qolgan umid ipini uzgisi kelmadi. Faqat kallasini qimirlatib, xoʻp deb qoʻya qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

5. koʻchma Yoʻl, chiziq, xat.

  1. Uzoqda, kechaning qora chodiriga burkangan daraxtlar ustidan oʻqlar havoda olov ip chizib uchardilar. Oybek,Quyosh qoraymas

ip soʻzi qatnashgan jumlalar:

Burnidan ip oʻtkazmoq

Aytganiga, aytgan yoʻliga yuradigan qilmoq.
  1. Nasihat qilmang menga. Burniga ip oʻtkazaman, deb oʻylamang. S. Zunnunova, Uzilgan ip

  2. Bolaginamga ega chiqib, burnidan ip oʻtkazib oldi bu dogʻuli. S. Ahmad, Choʻl burguti

Ip esholmaydi

Teng yoki bas kela olmaydi.
  1. Sizning sarpolaringizni kiygandan keyin biram ochilib ketdiki jannatdagi hur-u gʻilmonlar ham uning oldida ip esholmaydigan boʻlib qoldilar. B. Rahmonov, Mardlar qissasi.

Ipidan ignasigacha

Butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha; batafsil.
  1. Siz ayting, axir, siyosatni ipidan ignasigacha bilasiz, men nima qilsam boʻladi endi? P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Kechqurun otam ishdan qaytgach, onam yigʻlab-yigʻlab, voqeani ipidan ignasigacha aytib berdi. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi


IP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ИП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
16491
So‘zning teskari yozilishi
pi
Harflar soni
2
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

ip so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, ip so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+