Izoh.uz saytida ishora so‘zining izohi va ma’nolari

ishora

1. Koʻz, qosh, qoʻl, bosh va boshqalar harakati bilan berilgan belgi, imo, shuningdek, gap bilan yashirin tarzda ifodalangan maʼno; shama.

  1. Hoʻkizga — turtki, donoga ishora kifoya. Maqol

  2. Safarov koʻz va qosh ishorasi bilan Samandarovga: Evida-da! Bu gaplar, bu muomala ortiqcha, deganday qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  3. Mingboshi tomdagi karnaychilarga bas ishorasini qildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.

  4. Zulfiqor baʼzan bu qiz nima demoqchi, deganday xayolga choʻmar, Badianing xatti-harakatlari, qiliqlari, gaplaridagi ishora uni chuqur oʻylashga majbur etardi. Mirmuhsin, Meʼmor

  5. Zumrad Mavlon Isayevichning ishorasini tushundi: Axir men tufayli kelding bu yerlarga, tentak. Boʻlmasa, yurarding hozir dala kezib. S. Siyoyev, Otliq ayol

2. Maʼlum maʼno ifodalovchi, vazifa bajaruvchi belgi, alomat.

  1. Trigonometrik funksiyalarning ishoralari.

  2. Roʻzimboy akaning choyxonasida Ramazon noʻgʻay oʻqiydigan gazetalarda nozik ishoralar bor edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

  3. Maktubdagi tushunish qiyin boʻlgan nuqta va ishoralar yana bir qayta zahar sochib oʻtgandek boʻldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

ishora soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ishora qilmoq

Biror maʼno (mazmun)ni bildiruvchi imo-ishora bermoq, gap-soʻz aytmoq.
  1. Polizning boshiga yetib kelishdi. Toʻxtanglar degan ishora qildi Hakim. M. Hazratqulov, Jurʼat

  2. — Oqillar omon boʻlsin! — deb duo qildi Mutrib, Avazning bugungi oqibatiga ishora qilib. S. Siyoyev, Yorugʻlik


ISHORA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ИШОРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
16616
So‘zning teskari yozilishi
arohsi
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

ishora so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, ishora so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+