Izoh.uz saytida jagʻ so‘zining izohi va ma’nolari

jagʻ

1. Odam va hayvonlarda kallaning tishlar oʻrnashgan suyagi.

  1. Ustki (tepa) jagʻ. Pastki jagʻ.

  2. Otaqoʻzining koʻzlari qisilib, jagʻ paylari turtib chiqdi. O. Yoqubov, Diyonat

  3. U [Qalandar aka], koʻzlari bir nuqtaga qadalib qotib qolganday, qimir etmay turar, faqat jagʻi titrar edi. S. Karomatov, Eʼtiqod

  4. Vakil qulochkashlab jagʻimga urdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom

2. Oyoq kiyimining yuzi bilan tagcharmi birlashgan yeri, old yonlari.

  1. Aksarining ust-boshi yupun, mahsilarining yirtiqlaridan kir paytavalari osilib turadi, kimlarda poxol tiqilgan eski kalish, kimlarda jagʻi yirtiq kavush, lekin ular shod. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. U oʻzining paxtasi oqib yotgan qizil chit toʻni, jagʻi ajralgan kavushi, piltalari chiqib ketgan doʻppisi bilan boshqa bolalardan ajralib turardi. Oydin, Hikoyalar

3. maxs. Baʼzi asboblarning qisadigan, kesadigan qismi.

  1. Ombir jagʻi. Qaychi jagʻi.

4. Kishi, odam; nonxoʻr.

  1. Bir ishlovchiga uch jagʻ edik, boyga ortiqchalik qilib qoldik. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota

  2. Lekin oilada jagʻ koʻpaygach, shundoq ham qoʻl uchida, tabibchilik bilan tirikchilik qilib kelayotgan Ibn Yamin qiynalib qoldi. K. Yashin, Hamza

jagʻ soʻzi qatnashgan jumlalar:

Jagʻi ochilmoq

1. Jahllanib tapira boshlamoq.
  1. Shu vajdan kampirning jagʻi yana ochildi, Sidiqjonning oʻtmishini, qizining qilmishini yana taʼna qila boshladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari;

2. Harakati boshlanmoq; ovozi eshitilmoq.
  1. Ya na dushman pulemyotlarining jagʻi ochildi, bir necha jangchi yiqildi. T. Rustamov, Mangu jasorat

Jagʻi ochiq

1. Koʻp gapiradigan, vaysayveradigan; vaysaqi;
2. Koʻp yigʻlaydigan, yigʻloqi.
  1. Jagʻi ochiq bola.

Jagʻi tinmaydigan

1. ayn. Jagʻi ochiq;
2. Doim ovqat chaynaydigan, ovqatdan ogʻzi boʻshamaydigan.

Jagʻ tish

ayn. Oziqtish.

Jagʻ urmoq

Hadeb gapiravermoq.

JAGʻ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЖАҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
16960
So‘zning teskari yozilishi
ʻgaj
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

jagʻ so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, jagʻ so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+