Izoh.uz saytida jonli so‘zining izohi va ma’nolari

jonli

1. Tiriklik alomati bor, tirik.

  1. Jonli toʻqima (biol.).

  2. Qizdan soʻrabdi: — Bu yerda nima qilib oʻtiribsan, bu yerda oʻzingdan boshqa jonli jonivor bormi? Oltin beshik

2. Yashab turgan, barhayot, tirik.

  1. Oʻtmishning jonli shohidi.

  2. Jonli guvohni ishga tikib boʻlmaydi. A. Qahhor, Sarob

  3. Urush zahmatini boshidan kechirgan har bir odam dahshatli u yillarning jonli shohididir. N. Safarov, Olovli izlar

3. koʻchma Ehtirosli; qaynoq.

  1. [Gulnor] Yoʻlchining kuchli, erkak nafasini, dudoqlarida uning boʻsasining jonli olovini bir lahza sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. koʻchma Tiyrak, serharakat; shoʻx.

  1. Taxtapullik Sobirjonni tanir edim men Bokudan: Zap chavandoz, miqti, jonli, xosiyatli ulfat juda. M. Shayxzoda.

  2. Haqiqatda esa mingboshi xotinlari orasida eng jonli va eng esligi boʻlgan bu juvon — Sultonxonga qarshi ochgan kurashining natijasidan norozi edi. Choʻlpon, Kecha va kunduz

5. koʻchma Ruhli, shoʻx, qiziq; qizgʻin.

  1. Bu uzatish majlisini jonli, ruhli oʻtkazmoq uchun barcha qizlar oʻzlarining eng asl, eng nafis kiyimlarini kiyib husn olamini yana bir qayta bejabdirlar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Meliqoʻzi bilan boʻlgan jonli suhbatda [uning] butun orzu-istaklarini bilib oldim va ocherk yozdim. N. Safarov, Olovli izlar

6. koʻchma Tetiklik, gʻayrat, xushchaqchaqlik ifoda etuvchi; shoʻx, oʻynoqi (koʻz qarashi, chehra haqida).

  1. Yoʻlchining chiroyli keng yuzida jonli, teran maʼnoli koʻzlarida qandaydir iliq, samimiy tabassum toshgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

7. koʻchma Xuddi haqiqatdagidek, chin, haqiqiy; yorqin.

  1. Jonli portret,

  2. Jilin bilan Kostilinning sarguzashti ularning koʻz oldilarida jonli voqeaday oʻta berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  3. [Sayramov] Har masalani jonli misollar bilan bayon qildi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

8. koʻchma Ifodali, aniq-ravshan, tushunarli.

  1. Atoqli xalq sanʼatkori [Yusufjon qiziq] hayotning eng chigal, murakkab tomonlarini jonli til bilan sodda qilib tushuntira olardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

  2. Eski adabiyotni yaxshi oʻqiydi, ayniqsa Abomuslim dostonlarini oʻqiganda, juda ham jonli chiqaradi. A. Qodiriy, Obid ketmon

9. koʻchma Hayot qaynagan, gavjum; joʻshqin.

  1. Kunduzgiga qaraganda saroy jonli: kishilarning shaqillashib soʻzlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni koʻkka koʻtargudek. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

10. koʻchma Amaliy, ishbilarmonlarcha.

  1. Rahbarlikni qogʻozda emas, jonli rahbarlik qilish shaklida olib borish kerak. N. Safarov, Olovli izlar.


JONLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЖОНЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
17378
So‘zning teskari yozilishi
ilnoj
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

jonli so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, jonli so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+