Izoh.uz saytida kalla so‘zining izohi va ma’nolari

kalla

1. Jonivorlarning boshi (odatda, chorva mollarining boshi haqida).

  1. Otning kallasi. Hoʻkizning kallasi. Filning kallasi.

2. Soʻyilgan chorvaning boshi (xom yoki pishirilgan).

  1. Kalla goʻshti. Kalla kuydirmoq,. Kalla shoʻrva.

  2. Hech bir toʻy-tomosha oqsoqolsiz oʻtmasdi. Birontasi echki soʻygudek boʻlsa, kallasini eng avval oqsoqol oldiga qoʻymasdan iloji yoʻq. P. Tursun, Oʻqituvchi

3. s. t. Odam gavdasining yuqori qismi, boshi.

  1. Har kallada bir xayol.

  2. U [amir] kulgan sari qiltiriqday boʻyniga kallasi ogʻirlik qilib, dam oldinga, dam orqasiga ogʻib ketar edi. S. Anorboyev, Oqsoy

  3. Qiz kallasini chayqab, qoʻllarini yeng-sochbogʻ ichiga tiqib oldi. S. Siyoyev, Avaz

4. Boshi katta kishi ismiga laqab sifatida qoʻshib ishlatiladi.

  1. Ahmad kalla. Karim kalla

  2. Hammasi ham Gʻiyos kallaga oʻxshagan betavfiq boʻlaverarmidi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

5. s. t. Koʻchma Aql, miya.

  1. Kallasi bor odam koʻp chekmaydi. Bolaning kallasi joyida. Kallangni ishlat!

  2. Oʻzimning kallam bor, sening maslahatingsiz ham eplab ketaman. S. Siyoyev, Otliq ayol

6. s. t. Koʻchma “Nodon”, ahmoq, kallavaram kabi maʼnolarda ishlatiladigan undalma.

kalla soʻzi qatnashgan jumlalar:

Kalla solmoq

Chorvaning kalla-pocha va oshqozon, ichak kabi aʼzolarini pishirmoq.

Xom (yoki qovoq) kalla

ayn. Kalla 6.
  1. Bilmasang, nega, urdi deb qoʻl qoʻyasan, majbur qildi deb guvohlikka oʻtasan, qovoq kalla?! O. Yoqubov, Larza

Kalla pishdimi?

s. t. Uyquga toʻyding (iz)mi?

Kalla tashlamoq

Boshi bilan suvga shoʻngʻimoq, suvga otilmoq.
  1. Roʻparamda, suvning labginasida, katta xarsangtosh turardi. Shuning ustidan kalla tashlamoqchi boʻlib, endi oyoq qoʻygan edim, nima boʻldi-yu, shalop etib, suvga agʻdarilib tushdim. Oʻ. Umarbekov, Sevgim, sevgilim.

Kalla qand

Kalla qilmoq (yoki urmoq, qoʻymoq)

Bosh bilan zarb bermoq.
  1. Qora yigit alam bilan uni bir kalla qilgan edi, xotinning oldiga borib tushdi. S. Ahmad, Saylanma

  2. Yoʻlchi bir kalla urib, Qora Ahmaddan oʻzini ayirdi Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Toʻlan bosh egib, navbatdagi darraga yelka tutgan boʻldi-yu, kutilmaganda qozi askarga kalla qoʻydi. S. Siyoyev, Avaz

Kuydirgan kalla

Tirjaygan kishi haqida.

Issiqxonalar va xonadonlarda oʻstiriladigan, gullaydigan koʻp yillik manzarali oʻsimlik.


KALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

КАЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
17567
So‘zning teskari yozilishi
allak
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

kalla so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, kalla so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+