Izoh.uz saytida kaltak so‘zining izohi va ma’nolari

kaltak

1. Daraxt, buta kabilarning barg-butoqsiz uzun shoxi (singan yoki maxsus qirqib olingan, hoʻl yoki quruq).

  1. Tekinga oʻrgangan tekinxoʻr qoʻliga kaltak ilinsa ham, kerak boʻlib qolar, deb olib ketaverar ekan. Mushtum

  2. Oyimcha bibi ularni [tovuqlarni] koʻrdi-yu qoʻliga tushib qolgan bir kaltakni havola qilib, tirqiratib haydab, qargʻay-qargʻay uyiga kirib ketdi. K. Yashin, Hamza

2. Urish, savash, haydash uchun ishlatiladigan maxsus yogʻoch; tayoq, govron.

  1. [Jallod] Bandining tizzasidan quyisiga, oyoqlari suyagining qirrasiga kaltak bilan qattiq bir urdi. S. Ayniy, Esdaliklar

  2. [Sherbek] Kuliga kaltak olib, mol boqqani qirga chiqqanida quvonchini ichiga sigʻdira olmay dumbaloq oshgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. folk. Toʻqmoq, choʻqmor; gurzi.

  1. Toʻqson botmon choʻyan kaltak qoʻlimda. Shirin bilan Shakar

  2. [Koʻkaldoshning] Taqimida besh yuz botmon kaltagi. Alpomish

4. Tayoq, musht va shu kabilar zarbi; urish.

  1. [Laʼli] bekning kaltaklari ham yodidan koʻtarilib, alanga chayqalayotgan yerga yugurdi. H. Gʻulom, Mashʼal

  2. Suvonjonning kaltakka toqat qilishi Oysuluvga badtar alam qildi. S. Anorboyev, Oqsoy

5. koʻchma Qattiq teguvchi, zarba boʻluvchi narsa; dakki.

  1. Avaz uyiga kirgach, oʻzicha kulib: Mening sheʼrim ular uchun kaltak boʻladi, — deb qoʻydi. J. Sharipov, Xorazm

  2. Cholning har bir maqtov soʻzi polvonga kaltak boʻlib tushmoqda edi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda

kaltak soʻzi qatnashgan jumlalar:

Boshida kaltak sinmoq

Ajrini (jazosini) tortmoq; qattiq gap eshitmoq; baloga qolmoq.
  1. Hamma ayb Salohiddinda. Kaltak shu odamning boshida sinishi kerak. A. Qahhor, Sarob

  2. Shuncha kalit choʻntagimda boʻlgani bilan bitta-yarimta narsani nari-beri qilib koʻray-chi, boshimda kaltak sinsin S. Mahkamov, Shogird

Kaltak yemoq

Kaltakka duchor boʻlmoq, kaltaklanmoq.
  1. Echkining kaltak yegisi kelsa, choʻponning tayogʻiga surkanadi. Maqol

Kaltak ostida qolmoq

Koʻp kaltak yemoq; doʻpposlanmoq, savalanmoq.
  1. Birdan oʻnlarcha musht havoga koʻtarildi. Ellikboshi va uning sheriklari kaltak ostida qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar

Oq kaltak, qora kaltak

Hujum qilish uchun tayoq, tesha va shu kabilar bilan qurollangan olomon haqida.

Qora kaltak bilan

Qurolsiz, oddiy tayoq bilan.
  1. [Abdurahmonboy:] Mirzaqul, Nikolay polvon zoʻr. Xom xayollarga borib yurmang, qora kaltak bilan podshohlikni yiqitib boʻlarmishmi! N. Safarov, Uygʻonish


KALTAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

КАЛТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
17593
So‘zning teskari yozilishi
katlak
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

kaltak so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, kaltak so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+