Izoh.uz saytida keyin so‘zining izohi va ma’nolari

keyin

1. rvsh. Shu yoki oʻsha tobda emas, maʼlum vaqt oʻtgach; soʻng.

  1. Shu kitobni keyinroq oʻqiyman.

  2. Boyvachchaning kimligini keyin aytaman. K. Yashin, Hamza

  3. Xoʻp, hozir taqmasang, choʻntakka sol, uyingga yashir, keyin taqasan. Oybek, Tanlangan asarlar

  4. Qaltis yiqilib, biron joyi mayib boʻlgan kishi buning ogʻrigʻini oʻsha tobda emas, keyin bilgandek, Sidiqjon bu mojaroning butun dahshatini shu kechasi koʻrpaga kirganidan keyin biladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

2. Avvalgisining ketidan; soʻng, soʻngra.

  1. Madaminxoʻja dasturxon soldi, non ushatdi, keyin kattakon bir gurskettini keltirib, pichoq tortgan edi, qovun qars etib yorildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.

  2. Charos yana yigʻlab yubordi. Keyin koʻz oʻngi qorongʻilashib, hech nima koʻrinmay qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. ayn. (egalik va kelishik shakllari bilan: keyiniga, keyinida) orqa (orqasiga, orqasida), ket (ketiga, ketida).

  1. Dushman yurar mard oʻgʻlonning keyinidan. Oysuluv

  2. Tuya, odati boʻyicha, quduqdan chekkaga qarab yurdi, keyinidan jun arqon tortilib borardi. K. Yashin, Hamza

  3. Aqliraso bolalarim biladi: Oʻqimagan nari, keyinda qolar. Fozil Yoʻldosh oʻgʻli

4. krsh. s. Bundan tashqari, shuning bilan birga, shuningdek; yana.

  1. Agar [qovun] yaxshi boʻlsa, xalq yeb, sizni duo qiladi, men oʻzim yemayman. Keyin, kim biladi, bir palakdan har xil qovun yetishadi Uch soʻlkavoy beraman, xoʻp deng. Oybek, Tanlangan asarlar

5. koʻm. vzf. (ch. k. bilan) Soʻng, ketidan, tugagach, oʻtgach.

  1. Hammadan keyin. Ishdan keyin. Ovqatdan keyin. Kun botgandan keyin.

  2. Hammaga zehn solib oʻtirgan Safarov Boʻtaboy akadan keyin oʻshanga [Roʻzimatga] soʻz berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  3. Sidiqjon ovqatdan keyin qoʻliga gazeta olgan edi, bir maqolani yarimlatmasdan, koʻzi suzildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

6. bogʻl. vzf. (ch. k. bilan) Sabab yoki payt ergash gapni bosh gapga bogʻlash uchun xizmat qiladi va sabab, payt munosabatini bildiradi.

  1. Qoʻl kalta boʻlgandan keyin, qayoqqa uzatasan? Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Yorugʻ dunyodan umiding boʻlmagandan keyin, darchang qiyshiq turdi nima boʻldi-yu, toʻgʻri turdi nima boʻldi. Bunaqa narsalar orzu-havasga bogʻliq. A. Qahhor, Qoʻshchinor chirshugari

  3. Bu ishlar bir qadar bitgandan keyin, Sidiqjon onasini olib kelgani Bahrobodga bordi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari


KEYIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

КЕЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
18112
So‘zning teskari yozilishi
niyek
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

keyin so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, keyin so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+