Izoh.uz saytida koʻcha so‘zining izohi va ma’nolari

koʻcha

1. Aholi yashaydigan joylarda yoʻlovchilar oʻtib turadigan, transport qatnaydigan yoʻl.

  1. Navoiy koʻchasi. Sobir Rahimov koʻchasi.

  2. Chinnigul koʻchaning bir tomonidan, ensizgina asfalt trotuardan shoshmasdan borar edi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar

  3. Toʻxta xola koʻchada uzoqdan birin-ketin kelayotgan ikki kishining qorasini koʻrdi. I. Rahim, Chin muhabbat

  4. Yor yurgan koʻchalarni supuray sochim bilan. Qoʻshiqlar

2. Umuman, yoʻl.

  1. Hali majlis, hali hammom qurilishi, hali koʻchaga shagʻal yotqizish deydi. Guldasta

  2. Qir koʻchadan tushguncha surnay ovozi chiqmadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

3. Yashash, turish joyidan tashqari boʻlgan joy, ochiq maydon (uy, hovliga nisbatan).

  1. Uyida rohati yoʻqning koʻchada farogʻati yoʻq. Maqol

  2. Oshing halol boʻlsa, koʻchada ich. Maqol

  3. Qishning oxirgi kunlari koʻchada qora sovuq bilan izgʻirin yurar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

  4. Ibn Yamin bir kuni koʻchadan horib-tolib, tajang boʻlib keldi-da xotini bilan aytishib qoldi. K. Yashin, Hamza

koʻcha soʻzi qatnashgan jumlalar:

Koʻcha bolasi

Umumiy taʼlim-tarbiyadan chetda qolgan bola.
  1. Oʻtir bu yoqqa! Xoʻsh, sen nima uchun koʻcha bolalariga oʻxshab axloqsizlik qilasan! A. Qahhor, Ayb kimda?

Koʻcha eshik

Koʻchaga chiqiladigan (koʻchadan kiriladigan) eshik.
  1. Koʻcha eshikdan kirishi bilan akasi tagʻin jahlini chiqara boshladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Koʻchada qolgan

Tashlab qoʻyilgan, keraksiz.
  1. [Muattar:] Bugundan qolmay koʻchingni koʻtar! Olti oydan beri kasal boqamiz. Koʻchada qolgan nonimiz yoʻq. N. Safarov, Sharqtongi

Koʻchasiga kirmoq

Biror narsa qilish payiga tushmoq, daxl qilmoq, mashgʻul boʻlmoq.
  1. Ablah Tillaboyga endi ishonch qolmabdi. Chamamda, feʼli aynab, xiyonat koʻchasiga kirganga oʻxshaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi

Koʻchasidan oʻtmoq

Biror ish yoki harakat bilan shugʻullanmoq; mashgʻul boʻlmoq.
  1. [Muhabbat:] Turgʻunjon aka, qoʻying, men bir umrimda savdo koʻchasidan oʻtgan boʻlmasam, meni majbur qilmang. N. Safarov, Hayot maktabi

Oyogʻim (yoki kavushim) koʻchada qolgani yoʻq

yoki Oyogʻim koʻchada qolibdimi Har qanaqa joyga boravermaslikni, uncha-muncha joyni nazar-pisand qilmaslikni ifodalash uchun aytiladigan ibora.
  1. Davraning toʻrida edim, oyogʻim koʻchada qoptimi, deb uncha-muncha toʻyga bormasdim. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi

  2. Oʻzbek oyim uncha-muncha toʻy-u azalarga Kavushim koʻchada qolgan emas, deb bormas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

Xohlamasang (yoki istamasang) — katta koʻcha

Xohlamasang, istamasang, bilganingni qil, xohlagan yeringga ketaver; toʻrt tomoning qibla.

shv. Koʻcha oshi ayn. goʻja.


KOʻCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

КЎЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
18351
So‘zning teskari yozilishi
ahcʻok
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

koʻcha so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, koʻcha so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+