Izoh.uz saytida koʻk so‘zining izohi va ma’nolari

koʻk

1. Tiniq osmon rangidagi; moviy, zangori.

  1. Koʻk koʻz. Koʻk boʻyoq.

  2. Qoʻlimizda tovlanar jajji-jajji bayroqlar, Osmonda koʻk, qizil shar yengil uchib oʻynoqlar. I. Muslim.

2. Kul rangidagi, kulrang.

  1. Koʻk boʻri. Koʻk kaptar.

  2. Qamchi koʻk ot bilan saman toyni yetaklab, daryo tomonga ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal

3. s. t. Yashil, sabza.

  1. Koʻk oʻt.

  2. Qarshimda tebranar koʻk barglar har on Yu, Hamdam

4. Yer ustida gumbaz shaklida koʻrinib turadigan havo qatlami; osmon.

  1. Enkayganga enkaygin, boshing yerga tekkuncha, Kekkayganga kekkaygin, boshing koʻkka yetguncha. Maqol

  2. Martning oxirgi kunlari. Koʻk yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti. A. Qahhor, Ming bir jon

5. Oʻsayotgan oʻt-oʻsimlik, oʻt-oʻlan; maysa, koʻkat.

  1. Yomgʻirlar yogʻib, yerda oʻt-oʻlanlar koʻrina boshladi, hayvonlarning ogʻzi koʻkka tegdi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

  2. Mening brigadamga qarashli yerdan uch gektariga Misr paxta ekdim. Koʻki juda yaxshi. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda

6. Bahorda yangi chiqqan, somsa, chuchvara kabi ovqatlarga ishlatiladigan otquloq, yoʻngʻichqa, jagʻjagʻ, ismaloq kabi koʻkatlarning umumiy nomi va shunday koʻkatlar qoʻshib tayyorlangan ovqat.

  1. Koʻk somsa. Koʻk shoʻrva.

  2. Koʻk terish bahonasi bilan dalalarni tusay boshlagan edi. Choʻlpon, Kecha va kunduz

7. Kashnich, janbil, ukrop kabi ovqatga qoʻshib yeyiladigan rezavor oʻsimliklar, koʻkat.

  1. Koʻk solib qatiqlangan mastavaning lazzatli hidi keldi. A. Muxtor, Opa-singillar

8. s. t. (3-sh. birl. shaklida — koʻki) Dollar.

  1. Bir pachka koʻki bilan qoʻlga tushibdi, ish chatoq.

koʻk soʻzi qatnashgan jumlalar:

Koʻk somsa

Ichiga yangi oʻsib chiqqan jagʻ-jagʻ, yoʻngʻichqa, ismaloq, yalpiz kabi oʻt-oʻlanlar bargini piyoz bilan qiymalab, oshirma yoki oddiy xamirga oʻrab tayyorlangan somsa.

Boshi koʻkka yetdi

Yer-u koʻkka ishonmaslik

Oʻta darajada ehtiyotlamoq.
  1. Qizim bechora uni [Yodgorani] yerga ham, koʻkka ham ishonmaydi. E. Raimov, Ajab qishloq

Kuliki koʻkka sovurmoq

Koʻkka koʻtarmoq

Taʼrif, tavsifini juda oshirmoq, oʻta maqtamoq.
  1. — Mushtoqman, ammo bir oz sabr et, — dedi lablaridan meva shirasini artib Ahmad Husayn. — Qani, sen hali koʻkka koʻtargan taʼlimot qaysi? Oybek, Nur qidirib

Tutuni koʻkka chiqmoq

Oʻta darajada xafa boʻlmoq, xunob boʻlmoq.
  1. Oʻzbek oyim oʻgʻlining oʻlganni ustiga chiqib tepish qabilidan boʻlgan bu harakatidan tutuni koʻkka chiqib, borliq qahr-gʻazabini eri ustiga toʻkadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar


KOʻK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

КЎК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
18412
So‘zning teskari yozilishi
kʻok
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

koʻk so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, koʻk so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+