Izoh.uz saytida koʻrinish so‘zining izohi va ma’nolari

koʻrinish

1. Koʻrinmoq feʼlidan harakat nomi.

  1. Mahkam hozir uning yana nimadir demoqchi ekanini sezdi, lekin unga koʻrinishni ham, gapirishni ham istamagani uchun, bosh irgʻab, eshikdan chiqdi. P. Qodirov, Uch ildiz

2. Tashqi qiyofa; qiyofa.

  1. Qiz, koʻrinishdan ozarbayjon boʻlsa kerak, ruscha gapirar, gap-soʻzlaridan anchagina savodli ekanligi koʻrinib turar edi. Shuhrat, Shinelli yillar

  2. Rahim akaning ovozida odatdagi kesatiqdan asar ham yoʻq, koʻrinishi sertashvish edi. F. Musajonov, Himmat

3. Koʻzga koʻrinib turgan narsa, manzara.

  1. Otabek tabiatning shu koʻrkam va latif koʻrinishiga maftun boʻlib bir oz yotgandan keyin uzoq tin olib qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

4. teatr. Dramatik asarda pardaning maxsus dekoratsiya talab etuvchi har bir qismi. Ikkinchi pardaning beshinchi koʻrinishi.

  1. Bir parda, yetti koʻrinishli sheʼriy musiqali drama. Guldasta

5. Voqea-hodisa kabilarning muayyan namoyon boʻlish holati.

  1. — Ishga sovuqqonlik, loqaydlik ham, aslini olganda, intizomsizlikning bir koʻrinishi, — dedi Qurbonova. Oʻzbekiston qoʻriqlari

  2. Ammo saxiylik bilan xasislikning boshqacha koʻrinishlari ham boʻlarkan. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi

koʻrinish soʻzi qatnashgan jumlalar:

Koʻrinish bermoq

Oʻzini koʻrsatmoq, uchrashmoq.
  1. Murodova hamma narsani koʻrib, bilib kelgandan beri Umarali unga koʻrinish bermagan edi. I. Rahim, Ixlos

  2. birrov oʻz xonasidan chiqib keldi-yu, koʻrishib salomlashganidan keyin, boshqa koʻrinish bermadi. Sh. Toshmatov, Erk qushi

Koʻrinish olmoq

Qiyofaga ega boʻlmoq.
  1. Toshkent zilziladan keyin yangi koʻrinish oldi. Gazetadan


KOʻRINISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

КЎРИНИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
18518
So‘zning teskari yozilishi
hsinirʻok
Harflar soni
9
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

koʻrinish so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, koʻrinish so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+