Izoh.uz saytida kuchli so‘zining izohi va ma’nolari

kuchli

1. Jismoniy qobiliyati, kuch-quvvati nisbatan ortiq; baquvvat.

  1. Kuchli yigit.

  2. Mutal kuchli edi, ammo Otabek undan ham kuchli edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Sen mana shu oltinni ol bir kushik nari qishloqdan ikki ot ol, kuchli, chopqir zotlardan boʻlsin. Hamza, Maysaraning ishi

  4. Gʻilay odam shamni tokchaga qoʻyib, kuchli qoʻllari bilan Ahmad Chalabiyning yoqasidan tutdi. Mirmuhsin, Meʼmor.

2. Sogʻlom va yaxshi rivojlangan.

  1. Yuragi kuchli.

  2. Uning [Gulnorning] xayolida yolgʻiz Yoʻlchigina uchadi, fikran u bilan soʻzlashadi, goʻyo yigit kuchli, keng koʻkragiga uning boshini olib erkalaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. fiz. tex. Katta quvvatga ega boʻlgan; quvvatli.

  1. Kuchli dastgoh. Kuchli mashina, shya Hammasi laboratoriyada kuchli magnit maydon xossalarini oʻrganish uchun yasalayotgan gʻaltak yaqinida turganda roʻy berdi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv

  2. Guvullar kuchli motor, Aylanar mashinalar. Yu, Hamdam

4. Iqtisodiy, moddiy va boshqa jihatdan baquvvat; imkoniyati zoʻr, qudratli.

  1. Kuchli davlat. Kuchli armiya. Kuchli raqib.

  2. Abusaid mirzoning kuchli qoʻshini hozirgi paytda Buxoroga kirib kelishi muqarrar edi. Mirmuhsin, Meʼmor.

5. Taʼsir darajasi yuqori, tez taʼsir qiladigan.

  1. Kuchli dori. Kuchli zarb.

  2. Kuchli dalil boʻlmasdan, ular bilan olishib boʻlmaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.

  3. Alif va boʻyoqning kuchli hididan boʻlsa kerak, burnini jiyirib olgan. Mushtum

  4. Qoradori ancha kuchli narkotik modda boʻlib, u organizmga zararli taʼsir oʻtkazadi. Gazetadan

6. Zuhur etish, yuz berish darajasi yuqori: qattiq; shiddatli.

  1. Kuchli shamol. Kuchli faryod. Kuchli portlash. Kuchli xoʻrsinish. Kuchli toʻlqin.

  2. Muzloq togʻ bino boʻlib bunday kuchli guldurosni eshitmagan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.

  3. Ergashev pulemyotidan shunchalik kuchli oʻt ochdiki, hatto pulemyot kojuxidagi suv samovardagidek varaqlab qaynar edi. N. Safarov, Qaxramonning tugʻilishi

7. Oʻz ish-hunarini yaxshi biluvchi, qobiliyati zoʻr; talantli.

  1. Kuchli oʻquvchi. Kuchli shaxmatchi. Kuchli olim. Kuchli yozuvchi.

  2. — Xivada kuchli tabiblardan shu kishi qoldi — deya Ibrohim ota Oʻtar buvani maqtab ketdi. J. Sharipov, Xorazm

  3. Bu yerga mamlakatimizning turli burchaklaridan eng kuchli changʻichilarning tashrif buyurishi quvonchimizga quvonch qoʻshdi. Gazetadan

8. s. t. Tarkibida oʻgʻit moddalari koʻp, unumdor; semiz.

  1. Sen ham paxta berasan ammo yering kuchli, yangi yer. Azot kerak emas. I. Rahim, Chin muhabbat

9. Oʻsish, rivojlanishni tezlashtiradigan; koʻp kuch-quvvat bagʻishlaydigan; toʻyimli, toʻq tutadigan.

  1. Kuchli yem. Kuchli ovqat. Kuchli oʻgʻit.

10. Umuman, darajasi yuqori, yuqori darajali.

  1. Kuchli hissiyot. Kuchli sogʻinch. Kuchli hayajon. Kuchli qiziqish. Kuchli harakat. Piring kuchli boʻlguncha, biliming kuchli boʻlsin. Maqol

  2. Erim qimorboz boʻlsayam, oriyati kuchli edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  3. Bu xushhol va ochiq koʻngil ayolda koʻzga yaqqol tashlanmaydigan kuchli iroda va mustaqillik yashirin edi. F. Musajonov, Himmat

  4. Sanjar Siddiqovning talanti, oʻtkir badiiy tafakkuri uning ijodiy izlanishlarida katta kengliklar ochib berdi. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari.


KUCHLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

КУЧЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
19040
So‘zning teskari yozilishi
ilhcuk
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

kuchli so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, kuchli so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+