Izoh.uz saytida magʻiz so‘zining izohi va ma’nolari

magʻiz

1. 3-sh. birl. (magʻzi) 1. Danak, yongʻoq kabi qattiq poʻchoqli mevalarning ichki qismi.

  1. Danak magʻzi. Yongʻoq magʻzi.

  2. Ipga chizilgan bir shoda magʻizni bilagiga osib olgan Dilshod xursand, ikki yuzi anordek qizarib turar edi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi

2. Biror narsaning ichki qismi.

  1. Mirishkorlik bilan taralgan suv yerning magʻiz-magʻziga singib, gʻoʻza tuplarining husni-jamolini ochib yubordi. A. Shermuhamedov, Piskentlik pahlavon

  2. Yetiltirib uzilmagan nonning magʻzi xom qolib, sifati buziladi. Fan va turmush

3. Koʻchma Asosiy mohiyat, mazmun.

  1. Masalaning magʻzi. Gapning magʻzi. Shoir ijodining magʻzi.

  2. Yoppasiga va batamom qurolsizlanish gʻoyasi takliflarimizning magʻzi, oʻzagidir. Gazetadan

  3. Sheʼriyatdagi ushbu yoʻnalish falsafiy lirikaning magʻzini tashkil etadi. UTA

4. Qora sariq Kabi soʻzlar bilan qoʻllanib, kishi betining rangini, shu rangga moyilligini magʻizga nisbatlab bildiradi.

  1. Husayn Boyqaro bu vaqtda oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qizil magʻiz, barvasta yigit boʻlgan edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi

  2. Ozgʻin, baland boʻyli soldat qora magʻiz bir yigitning qulogʻiga nimadir deb shivirladi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan

magʻiz soʻzi qatnashgan jumlalar:

Magʻzini chaqmoq

Biror narsaning mohiyatini, mazmunini anglab yetmoq.
  1. Yer sotgan er boʻlmaydi, er yer sotmaydi. Mana bu gapning magʻzini chaq. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Hozir ham hamma joyda odamlar bu nutqning matnini qayta-qayta oʻqib, magʻzini chaqmoqdalar. Gazetadan

Sariq magʻiz

Bugʻdoy Bugʻdoyning toza, sargʻish rangli bir turi.

3-sh. birl. (magʻzi) Kiyim, koʻrpa kabilarning chetiga ikki qavat qilib tikilgan, rangi shu narsalardan boshqacha boʻlgan tasma; adip, parovoz.

  1. Koʻrpa magʻzi. Ikki yoniga qizil magʻiz tutilgan shim.

  2. Toshpoʻlatov yoqasining raxi, yengining uchiga sariq kleyonkadan magʻiz qilingan fufaykasini yechib, qoziqqa ildi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi


MAGʻIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

МАҒИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
19733
So‘zning teskari yozilishi
ziʻgam
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

magʻiz so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, magʻiz so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+