Izoh.uz saytida maza so‘zining izohi va ma’nolari

maza

1. Narsalarning taʼm-lazzat bilish aʼzolariga taʼsir etib, sezgi uygʻotish xususiyati; taʼm, lazzat.

  1. Nordon maza. Olmaning mazasi. Mazasini totib koʻrmoq.

  2. Uzi shirin, toʻqligina, mazasi ham totligina (topishmoq: shaftoli).

2. Qanoat hissi, ruhiy zavq, lazzat, rohat.

  1. Munchalik mazani topa olmaydi Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham. Gʻ. Gʻulom

3. sft. Mazali, shirin.

  1. Jarkop, shavla, kichiri — Biri-biridan maza. Xolam qoʻli gul toza. Q. Muhammadiy

4. und. s. Qoniqish, rohat hissini bildiradi.

  1. — Eh, maza, maza! — deb Popuk sevinchidan quyonday dikang-dikang sakradi. H. Nazir, Yonar daryo. Haligi irjaygan odamning koʻngli chopdimi, soʻlakayini oqizdi: — Mazza! Mushtum.

maza soʻzi qatnashgan jumlalar:

Maza qilmoq

Rohatlanmoq.
  1. Siz salqin-da, gʻirillagan shabadada koʻk choy ichib, maza qilib oʻtiribsiz! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

Mazasi yoʻq

1. Taʼmi durust emas, bemaza.
  1. Ovqatning mazasi yoʻq;

2. “qoniqarsiz” Koʻngildagidek emas,.
  1. Bugun boʻlsa, ovning ham mazasi yoʻq H. Gʻulom, Mashʼal

  2. Ishining mazasi yoʻq, uning oʻz fikricha, eplolmayotgan ekan. A. Muxtor, Chinor

  3. Savodining mazasi yoʻq. S. Ahmad, Hukm

3. Yaramas, bemaza (shaxs haqida).
  1. Juda mazasi yoʻq odam;

4. Sogʻligʻi durust emas.
  1. Bugun ishga borolmabdi, ancha mazasi yoʻq.

Mazasi qochmoq

Yomon tomonga oʻzgarmoq(ish, holat, sogʻliq va sh.k. haqida).
  1. Dalada ishning mazasi qochdi. S. Ahmad, Hukm

  2. Shu kunlarda mani mazam qochib qolganini qarang-a! S. Nurov, Karvon

  3. Yeyish-ichishining mazasi qochgan bu yoʻlovchilarga uncha iltifot koʻrsatishmadi. Yoshlik

Mazasiga tushunmoq

Biror narsaga oʻrganib, uning ketidan quvmoq, odat qilmoq.
  1. San yuborgan pulning mazasiga tushundimi, boʻldi, hafta-da, oyda pul soʻrayveradi. Oybek, Tanlangan asarlar

Mazasini olmoq yoki mazasini qochirmoq

Gap-soʻz, xatti-harakat bilan kishini mulzam, xijolat qilmoq, noqulay ahvolga solmoq.
  1. Isamat otaning bu gapi ham, choyxoʻrlarning maʼqullovchi kulgilari ham mulla Berdiyorning mazasini oldi. Mushtum


MAZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

МАЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
20265
So‘zning teskari yozilishi
azam
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

maza so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, maza so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+