Izoh.uz saytida mulla so‘zining izohi va ma’nolari

mulla

1. Oʻrta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida Madrasa taʼlimini olgan shaxs.

  1. Madrasani tugatgach, oshiqlar yor vasliga oshiqqandek, mulla Abdurahmon ham oʻz shahriga yelib-yugurib yetdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. Din arbobi, ulamo.

  1. Mullaning aytganini qil, qilganini qilma. Maqol

  2. Choʻrilikni mullalar senga qildilar taqrir [qaror]. Hamza

  3. Buxoro shahrida Mirarab madrasasining miyon saroyida koʻp mullalar toʻplanishib, madrasaning vaqfi toʻgʻrisida gapirishmoqda edilar. S. Ayniy, Qullar

3. s. t. esk. Maʼlumotli, oʻqimishli kishi.

  1. Aytaylik, mening xizmatkorim mulla boʻldi-yu, omi boʻldi — menga bari bir emasmi? K. Yashin, Hamza

  2. — Ha, mulla, charchamasdan, siqilmasdan yuribsanmi? Muncha ozib ketibsan? — dedi qori [Elmurodga]. P. Tursun, Oʻqituvchi

4. Hurmat yuzasidan murojaatda, gaplashganda, kishining ismiga qoʻshib aytiladi.

  1. — Dunyoning ishi shunaqa ekan, mulla Ali! — deb uni yupatib qoʻydi [Otabek]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Loaqal bir kaft tuproq tashlasangiz-chi, mulla yigit! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

mulla soʻzi qatnashgan jumlalar:

Mulla boʻlmoq

1. Oʻqib, maʼlumotli boʻlmoq, oʻqimishli boʻlmoq.
  1. U oʻqib, mulla boʻlib, biror shaharni olib berarmidi menga! K. Yashin, Hamza;

2. Taʼzirini yeb, koʻzi ochilmoq.
  1. Qamoqdan jindak boʻlsa ham mulla boʻlib qaytganligim shu lahzada kuchini koʻrsatdi. X. Lutfullayev, Baxti kulgan yigit

Mulla qilmoq

1. Madrasa maʼlumotini bermoq.
  1. — Xoʻp, qizim, xoʻp, pochchasi boqmasa boqmasin, men oʻzim boqaman, oʻqitib, katta mulla qilaman, — dedi Mohlar oyim. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. Savodini chiqarmoq, maʼlumotli qilmoq;
3. koʻchma Taʼzirini bermoq.
  1. Mavlon Musayevich oʻrnidan turdi. Oʻzicha Zumradni bir mulla qilib qoʻymoqchi boʻldi. S. Siyoyev, Otliq ayol

Mulla jiring, mullajiring

s. t. Pul.
  1. Senga oʻxshash, menga oʻxshash moyjuvozi borlar soliq toʻlamay qoʻysa, sovetning hamyoniga mulla jiring qayoqdan tushadi? P. Tursun, Oʻqituvchi

Mulla mingan eshakday

dagʻl. Oʻta yuvosh.
  1. Aziza ham eri bir kunmas-bir kun mulla mingan eshakday, yuvosh tortib kelishini kutib yurdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  2. Qamoqda ezilsa, mulla mingan eshakday bir kunmas-bir kun balki chiqib kelar Oybek, Tanlangan asarlar.


MULLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

МУЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
20963
So‘zning teskari yozilishi
allum
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

mulla so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, mulla so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+