Izoh.uz saytida non so‘zining izohi va ma’nolari

non

1. Xamirdan tayyorlanib, tandir, oʻchoq, tova va shu kabilarda pishiriladigan yegulik.

  1. Bugʻdoy non. Zogʻora non. Shirmoy non. Boʻlka non.

  2. [Kampir] Non yasab boʻlguncha, tandir qizidi. Keyin bir chekkadan yopdim. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Umuman, yegulik-ichgulik, yashash, tirikchilik uchun zarur narsa.

  1. — Matqovul aka, men non toparmikanman, deb qorin gʻamida maktab ochganim yoʻq, — dedi u [Gʻulomjon] bosigʻi bilan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

non soʻzi qatnashgan jumlalar:

Non gadoyi

Nonga zor, kambagʻal-qashshoq.
  1. U yo oʻz-oʻzini oʻldirardi, yo xizmatkor yigit bilan bir yurtga qochib, kambagʻallikda, non gadoyi boʻlib yashardi. Oybek, Tanlangan asarlar

Non yemoq

Biror narsadan foydalanib tirikchilik oʻtkazmoq, kun kechirmoq.
  1. Doim hovli, yer janjalidan non yeb yuradigan bir ellikboshi, afandining yoʻlini toʻsib, koʻrgan tushini aytib berdi. Latifalar

Non sindirish (yoki ushatish

etn. ) Nikoh toʻyi marosimlarining bir qismi: qiz tomon, yaʼni uning ota-onalari sovchi yuborgan tomonga oʻz roziligini bergach, sovchilar keltirgan dasturxon ochilib, shu rozilik belgisi sifatida non sindirilishi va toʻy bilan bogʻliq masalalarning belgilanishi, hal qilinishi.

Noni butun

Tirikchilik, yashash uchun zarur narsalari but, muhayyo, hech narsadan kamchiligi yoʻq, bekam-koʻst, toʻkis.
  1. Sartarosh u dunyo, bu dunyo xor boʻlmaydi. Hamma vaqt noni butun [dedi kampir Shodiga]. E. Raimov, Ajab qishloq

Noni yarimta

Biror sherik yoki raqobatchi tufayli topish-tutishi kamaygan, yetishmay qolgan.
  1. Nima, Qobilov kelib, nonimiz yarimta boʻlib qoldimi, aksincha, qoʻlni-qoʻlga berib ishlasangiz, bitta noningiz ikkita boʻladi. S. Mahkamov, Shogird

Nonini tuya qilmoq

Birovga tegishli haqning maʼlum qismini olmoq, oʻzlashtirmoq.
  1. Boʻshanglik qilsam, nonimni tuya qilib berishlari aniq, — oʻyladi Yoʻlchi. Oybek, Tanlangan asarlar.


NON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

НОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
21757
So‘zning teskari yozilishi
non
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

non so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, non so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+