Izoh.uz saytida oʻlik so‘zining izohi va ma’nolari

oʻlik

1. Hayoti tugagan; oʻlgan, jonsiz; zid. tirik.

  1. Joy oldi quchogʻingdan Sonsiz oʻlik tan. Kim ne qildi kimlarga, Bilmaysan, nedan? Gʻayratiy

2. ot Jonsiz tana; jasad, murda.

  1. Keyingi vaqtlarda janoza oʻqib, oʻlik koʻmish odamu ham barham yedi. S. Ayniy, Qullar

  2. Koʻchalar toʻla oʻlik Kuyib boʻlgan binolardan tutun burqsaydi. Shuhrat, Shinelli yillar

  3. Avaz vetvrachni chaqirgan edi, qoʻylarning oʻligini koʻrib: — Yondirib, koʻmib tashlanglar, — dedi. P. Qodirov, Qora koʻzlar

3. koʻchma Oʻz xususiyatini (sifatini) yoʻqotgan, qotib, yaroqsiz holga kelgan.

  1. Oʻlik ohak. Ulik sement. Oʻlik chigit.

  2. Ohak qiyomi ketsa, Qotib boʻlar oʻlik ganj. Q. Muhammadiy.

4. koʻchma Jon asari yoʻq, murdaniki singari.

  1. Oʻrtada oʻn toʻrtta minglik qogʻoz uyumini koʻrgandagina, Qulmat qoraning oʻlik koʻzlariga picha jon kirdi, oʻrnidan qoʻzgʻalib, choʻkka tushib oʻtirdi. A. Muxtor, Opa-singillar

  2. Masturaning yuzidan oʻlim pardasi koʻtarilganday, hayot toʻla koʻzlari oʻlik yuziga jon kirgizganday boʻldi. A. Qahhor, Ming bir jon

5. koʻchma Hayotdan nishona yoʻq; kimsasiz, harakatsiz.

  1. Oʻshanday oʻlik qishloqda boyqushga oʻxshab kimdir istiqomat qiladi. S. Anorboyev, Oqsoy

  2. Kimsasiz, oʻlik koʻringan dasht odamlar bilan jonlanib ketdi. Mirmuhsin, Meʼmor

6. koʻchma Taʼsirsiz, his-hayajon uygʻotmaydigan, zeriktiradigan.

  1. Kundalik hayotimizda shunaqa oʻlik nutqlarni ozmi eshitamiz/ A. Qahhor, Quyushqon

  2. Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar oʻlik boʻladi. Gazetadan

7. Bisotda saqlanadigan, ishlatilmaydigan mol haqida (mablagʻga nisbatan qoʻllanadi).

  1. Hech narsani oldin olib qoʻyish kerak emas, chunki pul bekor band boʻlib, oʻlik holda qoladi. A. Qahhor, Sarob

oʻlik soʻzi qatnashgan jumlalar:

Oʻlik tabiat

Hayvonot va oʻsimlik olamiga mansub boʻlmagan narsalar; tirik organizmlardan boshqa jismlar majmui.

Oʻlik tillar

Yozma manbalardan maʼlum boʻlgan, hozir kundalik hayotda qoʻllanmaydigan tillar.

Oʻlik uyqu

Oʻlik et

Tirik organizmning kasallik yoki qarish tufayli oʻsish, rivojlanishdan toʻxtagan, koʻpincha koʻchib, tushib ketadigan qismi.

Yaraning oʻligi

Yara ichida qotib qolgan fasod.

Oʻlsa, oʻligi ortiq

Bir necha marta yaxshi.
  1. oʻzi koʻchib kirgan uyning ham eski qoʻrgʻonchasidan oʻlsa, oʻligi ortiq boʻlib, bola-chaqasi yayrab qolganini maqtay ketdi. H. Nazir, Suv gadosi — oqpadar


OʻLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЎЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
22059
So‘zning teskari yozilishi
kilʻo
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

oʻlik so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, oʻlik so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+