Izoh.uz saytida oʻrtoq so‘zining izohi va ma’nolari

oʻrtoq

1. Yoshi teng yoki yaqin boʻlib, oʻzaro yaxshi aloqada boʻlgan tengdoshlar (bir-biriga nisbatan); birga oʻsgan; tengdosh, doʻst, oshna.

  1. Ukamning oʻrtogʻi. Qalin oʻrtoq.

  2. Xayr, onajon! Mening uchun buvimni quchoqlab qoʻying, oʻrtoqlarimga salom ayting! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Hatto tumsayib oʻtirgan Asrora ham beixtiyor chapak chalar, oʻrtogʻining husn-u latofatiga mahliyo edi. S. Ahmad, Ufq

  4. Shu xotinning oʻrtogʻi bor edi. Yaxshi jonon Oybek, Tanlangan asarlar

  5. Bugun stipendiya olishgani uchun ikki oʻrtoq qoʻlbola osh qilishmoqchi edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. Dunyoqarashi, faoliyati, yashash sharoiti va shu kabilar jihatidan bir, gʻoyaviy jihatdan yaqin kishi; hamfikr, hamgʻoya.

  1. Qudrat hokimning qon toʻlib ketgan koʻzlaridan yashirinmadi, aksincha, oʻrtoqlari bilan guzarda yarim kechagacha jilmay oʻtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  2. Eski oʻrtoqlaringdan ayrilgansan, yangi oʻrtoq orttirolmading. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

3. rasm. Kishilarga murojaatda, odatda ularning familiyasi, kasbi, unvoni va shu kabilar bildiruvchi soʻzga qoʻshib ishlatiladi.

  1. Oʻrtoq direktor. Oʻrtoq mayor.

  2. Qani, oʻrtoq bemor, oyoqlaringizni uzating-chi. S. Karomatov, Oltin qum

  3. Roʻzimat sahnadan chiqib ketdi-yu, hayal oʻtmay zalda paydo boʻldi va Kanizakning oldiga kelib, qulogʻiga sekin: — Oʻrtoq Ahmedov yoʻqlayotibdilar, — dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

4. s. t. ayn. Turmush oʻrtogʻi; er yoki xotin, rafiq yoki rafiqa.

  1. Halimaxon, oʻrtogʻingiz qayerda ishlaydilar? Erkaklar ham roʻzgʻor ishini yaxshi bilishi, oʻrtogʻiga yaqindan yordam berishi kerak. Gazetadan

5. Biror ish-faoliyatda birga boʻluvchi, biror narsani baham koʻruvchi; sherik.

  1. Oshga oʻrtoq — boshga toʻqmoq. Matal

  2. Dam boʻlaman oltin quyosh Husniga oʻrtoq. Dam teraman etak-etak Gullar: pushti, oq. Gʻayratiy

oʻrtoq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Turmush oʻrtogʻi

  1. Hoshimjon, birinchidan, jonajon dugonamning turmush oʻrtogʻi, ikkinchidan, oʻz akamday koʻraman uni. J. Abdullaxonov, Toʻfon

Oʻrtoq boʻlmoq ayn. oʻrtoqlashmoq

  1. Gʻirromlikni bilmaydigan halol bola koʻrinadi. Oʻrtoq boʻlsang arziydi. H. Nazir, Yonar daryo


OʻRTOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЎРТОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
22263
So‘zning teskari yozilishi
qotrʻo
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

oʻrtoq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, oʻrtoq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+