Izoh.uz saytida ogʻirlash so‘zining izohi va ma’nolari

ogʻirlash

1. Vazni, ogʻirligi oshmoq, ogʻirroq boʻlib qolmoq, ogʻir tortmoq; vazminlashmoq; koʻpayib bormoq.

  1. Yogʻoch boʻkib, ancha ogʻirlashdi. Mashinaning yuki ogʻirlashib ketdi.

  2. Qordan kichkina yumaloq yasab, dumalata-dumalata, oʻz boʻylaridan baland katta kurra yasaganlar. U juda ogʻirlashgan. Oybek, Tanlangan asarlar

2. koʻchma Tobora mashaqqatli boʻlmoq.

  1. Botiralining xayoli uning yelkasiga ogʻir yuk boʻlib tushdi va bu yuk kundan-kun ogʻirlashardi. Yoshlik

3. Qiyinlashmoq, murakkablashmoq.

  1. Ish ogʻirlashdi.

4. Ogʻir tortmoq, mushkullashmoq.

  1. Bemorning nafas olishi ogʻirlashdi.

5. Moddiy jihatdan nochor holga tushib qolmoq; mashaqqatli, uqubatli boʻlib qolmoq.

  1. Ayam oʻlgandan keyin ahvolimiz yana ogʻirlashdi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Zamon ogʻirlashib ketganmish, nima qilay, qon yutib oʻtiribman. T. Malik, Iblis devori

6. Noqulay, qiyin boʻlib qolmoq.

  1. Endi qizining oldiga kirib, uning betiga qarash unga [qutidorga] juda ham ogʻirlashgan edi, chunki bu fojianing bosh omili deb oʻzini tanigan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

7. Xavfli tus olmoq, xavfli, xatarli boʻlib qolmoq, jiddiylashmoq.

  1. Ahvol borgan sari ogʻirlashdi. Pogodin qoʻshinlari yarim halqa ichida qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat

  2. — Boylarning chaqigʻi bilan Yoʻlchining ishi ogʻirlashdi,— dedi Shokir ota. Oybek, Tanlangan asarlar

8. Kuchaymoq, zoʻraymoq, tuzalishi mahol boʻlib qolmoq.

  1. Bemor kundan-kunga ogʻirlashyapti.

  2. Fazilat opaning ahvoli ogʻirlashib borardi. Rangi sargʻayib, ozib choʻp boʻlib qoldi. M. Hazratqulov, Jurʼat

9. Oshmoq, kuchaymoq.

  1. Jinoyati ogʻirlashdi. Jazo choralari ogʻirlashdi.

10. koʻchma Gangib qolmoq, oʻzini yomon his etmoq.

  1. Kishi dardini anglatolmasa ogʻirlashadi. A. Qahhor, Sarob

  2. Qotmadan kelgan Smirnov bu soʻzlarni eshitgach, ogʻirlashib ketganday boʻldi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

ogʻirlash soʻzi qatnashgan jumlalar:

Boshi (yoki kallasi)

Ogʻirlashmoq Boshi gangimoq, gʻovlab ketmoq; oʻzini boshqara olmay qolmoq.
  1. Chinni kosa besh-olti bor qoʻldan qoʻlga oʻtgandan keyin, har ikkovining ham boshi xiyla ogʻirlashib, kayf gʻalaba qila boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal

  2. Yelkasining oftobda kuygan joylari achishar, boshi ogʻirlashib, yostiqdan bosh uzolmasdi. S. Ahmad, Ufq


OGʻIRLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ОҒИРЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
22677
So‘zning teskari yozilishi
hsalriʻgo
Harflar soni
9
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

ogʻirlash so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, ogʻirlash so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+