Izoh.uz saytida ogʻriq so‘zining izohi va ma’nolari

ogʻriq

1. Kasallanish, shikastlanish, jarohat yoki charchash natijasida seziladigan jismoniy azob, dard.

  1. Oyogʻining ogʻrigʻi bosildi. Yaram yana ogʻriqqa kirdi.

  2. Bir ozdan keyin Malik muallimning biqinidagi ogʻriq xiyol bosildi. A. Koʻchimov, Halqa

  3. U oʻz azobiga, kuyuk ogʻrigʻiga chidab, bardosh qilib, oʻziga-oʻzi dalda berardi. N. Safarov, Vodillik qahramon

2. Kasallik, xastalik, dard.

  1. Bel ogʻrigʻi. Koʻz ogʻrigʻi. Oyoq ogʻrigʻi. Ogʻriqqa chalinmoq.

  2. Ogʻriqning birinchi kuni Kumush hech kimga sezdirmay yurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

3. Bemor, kasal, xasta.

  1. Oʻlar ogʻriqning oʻlgani yaxshi, uydagilarning tingani yaxshi. Maqol

  2. Ogʻriqning tuzalgisi kelsa, emchi oʻz oyogʻi bilan kelar. Maqol

  3. Bu voqeaning uchinchi kuni Kumushbibi yillab yotuvchi ogʻriqlardek sargʻayib ozgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  4. Har ikkala ogʻriqning nomi bitta — muhabbat. E. Samandar, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq

  5. Biron joyda ishlash u yoqda tursin, koʻchaga chiqay degan oʻyning oʻzi uning uchun ogʻriq koʻz bilan oftobga qarashday yoqimsiz edi. A. Qahhor, Sarob

4. koʻchma Ruhiy azob, dard, alam.

  1. Elmurod Fotima bilan tenglashib olgach, bir entikdi-da, goʻyo qalbini jizillatib turgan ogʻriqni bittalab olib tashlayotganday gapirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Cholning qalbini allaqanday sovuq bir qoʻl ombur orasiga olib siqar, ogʻrigʻi yuziga urib borar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

5. kam qoʻll. Tashvish, gʻam.

  1. — Ajabo, makkajoʻxoridan boshqa ogʻrigʻim yoʻqmi,— dedi rais oʻziga-oʻzi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

  2. Moʻminlar bir-birlarining ogʻrigʻiga sherik boʻlishi kerak. Fan va turmush

6. koʻchma Illat, kamchilik. —

  1. Bu ogʻriq yangigina tuzilgan kolxoz sharoitida yuqumli bir ofat. A. Qodiriy, Kichik asarlar

ogʻriq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Yurak ogʻrigʻi

1. Dil kasalligi, yurak xastaligi;
  1. Koʻk choy bosh, yurak ogʻrigʻiga, qon bosimiga duchor boʻlganlar uchun foydali. Fan va turmush

2. s. t. Meʼda buzilishi, ich ketishi;
3. koʻchma s. t. Lanj odam.
  1. — Qorangni koʻrsatmay qoʻyding. Nima boʻldi, shunaqa yurak ogʻrigʻimiding? — dedi qoraqosh yigit oʻspiringa. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda

Bosh ogʻrigʻi

Bosh ogʻrigʻi qilmoq

s. t. Ichkilikdan keyingi karaxtlikni tarqatish uchun yana bir oz ichmoq, zahar bosdi qilmoq.

OGʻRIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ОҒРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
22696
So‘zning teskari yozilishi
qirʻgo
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

ogʻriq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, ogʻriq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+